Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo!

0
386
marta koʻrilgan.

Bugungi kunda butun insoniyat murakkab davrni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimizda ham epidemiologik vaziyatni jilovlash, aholi salomatligini har tomonlama himoya qilish uchun barcha choralar koʻrilmoqda.

Shu bilan birga iqtisodiyot, maʼnaviyat, taʼlim-tarbiya masalalari ham eʼtibordan chetda emas.

Telekanallar orqali karantin pallasi uchun namoyish etilayotgan onlayn oʻquv mashgʻulotlari pedogoglar bilan ota-onalarning hamkorligini yanada kuchaytirdi. Hukumatimiz tomonidan mashgʻulotlarni takroran koʻrish imkoniyati ham yaratildi. 

Onlayn mashgʻulotlar Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining rasmiy sayti (www.mdo.uz) va Youtube, Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlardagi vazirlik kanallarida joylashtirilib borilmoqda. Online bolalar bogʻchasi ham tashkil etilgan. Hukumatimizning maqsadi har qanday sharoitda ilmga, bilimga intilishni soʻndirmaslikdir. Ota-onalar ham bunga labbay deb javob berishmoqda. Buni tahririyatimizga   oqib kelayotgan maktublardan, fotolardan anglab turibmiz va xursand boʻlyapmiz.

Masalan, Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Fotimaxon Nazarovaning nevarasi Laziza Nazarova karantin paytida Rossiyada boʻlib oʻtgan matematika va  rus tili boʻyicha onlayn tarzdagi  “Vremya Znaniy” olimpiadasida 2-oʻringa munosib koʻrildi. Albatta, bu faxrli quvonch bolaning ruhiyatini koʻtaradi. Oʻziga ishonchini oshiradi. Natijada immuniteti kuchayadi, salomatligi yuksaladi.

Laziza Toshkent shahridagi 10-son umumtaʼlim maktabining beshinchi sinfida aʼlo baholarga oʻqiydi. Fotimaxon Nazarovaning yana bir nevarasi badiiy gimnastikaga qatnashadi. Koʻplab xalqaro chempionatlar gʻolibi!

Ayni kunda  Fotimaxon ota-onalar farzandlari bilan uy sharoitida qanday mashgʻulotlar bilan shugʻullanish lozimligini ifodalaydigan tasvirlarni telegramm sahifalariga tashlabdi. Bu esa ota-onalarni, buva-buvijonlarni oila davrasida bola tarbiyasini yuksaltirish uchun qanday mashgʻulotlar bajarish lozimligiga oʻrgatadi. Farzandlari tennis, karate, badiiy gimnastika sporti bilan mashgʻul. Katta nevara jaji ukasiga koʻmakdosh, qiziqarli oʻyinlar oʻrgatayapti.  Tasvir oxirida bolalar «uyda qoling, biz birgalikda kuchmiz» deya barchani ezgulikka chorlashayapti. Ijtimoiy tarmoqlarda tarbiyaviy ahamiyatga ega namunali tasvirlarning mavjudligi juda yaxshi-da. 

 Hikmat izlaganga hikmatdir dunyo degani shuda! Kichkintoy Laziza Nazarovaga buvisidek Vatanimizga, oilasiga munosib farzand boʻlishida tilakdoshmiz!

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.