Jumagul Roʻzmetova: Shunday yurtda yashayotganimdan faxrlanaman!

0
180
marta koʻrilgan.

 “Bugun har birimiz cheksiz minnatdorlik hissi bilan Yaratganning buyuk moʻjizasi boʻlgan ayol zotiga – mehribon onalarimiz, qadrli opa-singillarimiz, lobar qizlarimiz shaʼniga eng goʻzal soʻzlarni aytishimiz tabiiydir. Biz sizlarni eng avvalo fidoyilik timsoli deb bilamiz. Mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz”, – dedi davlatimiz rahbari 8  mart bayrami munosabati bilan ayollarni tabriklaganida.

Ana shunday tabriklar ezgu istaklar mamlakatimizning har bir tumanida, har bir burchagida  yangradi.

 Gurlanlik Jumagul Roʻzmetova shunday deydi: Men deyarli 45 yil maktabda matematikadan dars berdim. Har bayramlarda yuzlab pedogoglarning ustozi, yoshlarning murabbiysi, deya eʼzozlashadi. Ayni kunda qarilik gashtini surayotgan  boʻlsamda, “ustoz” deya iltimos bilan kelgan bolalarga, qishlogʻimiz koʻzmunchoqlariga matematikadan saboq beraman. Bu menga haliyam jamiyat uchun kerakligimni isbotlaydi. Quvonaman, sevinib, jon kuydirib matematikadan saboq beraman.

Bugungi eʼtibor meni juda quvontirib yubordi. Shuning uchun xursandchiligimni hamma bilan boʻlishgim keldi. Bayram munosabati bilan oilamizga tashrif buyurgan Doʻstlik mahalla raisi I. Nurmetov,  tuman kengashi  deputati B. Atayeva, mahalla xotin-qizlar maslahatchisi M. Shermatova,  mahalla yoshlar yetakchisi  B. Xidirboyev 8  mart bayrami kuni qimmatbaxo sovga bilan tabriklashdi. “Moʻtabar ayolsiz” deya eʼzozlashgani meni juda kuvontirib yubordi. Shuning uchun xursandchiligimni xamma bilan boʻlishgim keldi.

Menga bildirilgan ezgu tilak Oʻzbekistonimizdagi ayollarga qilinayotgan eʼtiborning daryodan bir tomchisi xolos. Shunday yurtda yashayotganimdan faxrlanaman.

Tahririyatdan: J. Roʻzmetova saytimizning  jamoatchilik asosidagi muxbiri.  Oʻz qishlogʻi, Gurlan tumani yangiliklaridan xabarlar  joʻnatib turadi. Qarilik gashtini surayotgan boʻlsada hamon jamoat ishlarida faol  faoliyat yuritayotgan eʼzozli va moʻtabar ayolni GUJUM.UZ tahririyati nomidan bayram bilan qutlaymiz.

GUJUM.UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.