Kitob – aqlni charxlovchi manba!

0
432
marta koʻrilgan.

Men, Saʼdullayeva Dilnura, «Evrika» nomli xususiy maktabning 2V sinf oʻquvchisiman. Boʻsh paytlarimda oʻzbek va rus tillarida koʻplab kitoblar oʻqiyman. Jonivorlar haqidagi kitoblar va sehrli ertaklar joni dilim!

Oʻzbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasiga   onam bilan tez-tez borib turaman, kitob tanlashni xush koʻraman. Ushbu ziyo maskanlaridagi tanlovlarda qatnashib gʻolib ham boʻlganman.

Karantin davrida Oʻzbek xalk ertaklarini sevib mutolaa qildim. Undan tashqari Korney Chukovskiyning «Aybolit», «Bibigonning sarguzashtlari», «Moydodiʼr» va boshqa hikoyalarini oʻqidim.

Ayniqsa, «Yangi asr avlodi» nashriyotida chop etilgan Aleksandr Pushkinning  «Baliqchi va  baliq haqida ertak» kitobi oʻz jozibasi bilan meni  oʻziga maftun etdi. Men ushbu moʻjazgina kitobchamiz orqali Pushkin ijodi bilan yaqindan tanishdim. Oldin bu haqida multfilmni koʻrgan edim. Kitobni oʻqiganimda, onam bilan fikrlashib,  ushbu asarning mohiyatiga  yanada yaxshiroq tushundim. U hayotimizda uchraydigan turli vaziyatlardan, notoʻgʻri qadamlardan toʻgʻri xulosa chiqarishga undaydi. Kitob aqlni charxlovchi manbadir.

Aziz tengdoshlarim, uyda qoling, mutolaga eʼtibor bering!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.