Kitobim – oftobim!  

1
6997
marta koʻrilgan.

  Buvijonim shunday  deydi:    Kitob beminnat murabbiydir! Kitobsiz uy xuddi quyoshsiz kunga oʻxshaydi. Kitobxonlikni yoshlikdan, oiladan boshlash kerak,     

Buvijonim tavsiyasi bilan yozgi kanikulda juda koʻp kitobxonlarni oʻqiyapmiz. Kitob oʻqiganimda  tovush chiqarib oʻqishni xush koʻraman. Ukalarim  Asadbek va Amirbeklarni yonimga chorlayman. Ular ham kitobni juda sevib oʻqiydilar. Bizning eng sevimli kitobimiz «Alisa moʻjizalar mamlakatida» nomli ertakdir.

Ushbu  kitob inson hayotida har xil voqea-hodisalar boʻlib turishi, insonning ichki dunyosi nihoyatda yorqin va jozibali boʻlishi haqida. Biz bolalar esa kitobni oʻqib, voqealarga qanday munosabatda boʻlishimiz kerakligi boʻyicha xulosa chiqardik.

Ertakni qayta-qayta oʻqib, Alisani boshidan kechirganlari, uning orzu umidlari, bosib oʻtgan yoʻllariga juda qiziqdik. Ertakdagi quyon orqali tezlikni, soat orqali vaqtni behuda  oʻtkazmaslikni, mushuk xatti-harakatlari esa yaxshiliklarni moʻjiza kabi amalga oshirishni angladik. Yovuzlik malikasining qilmishlari esa xammani yomonliklardan extiyot boʻlishga chaqiradi.  Bolalar uchun bu hayot faqat oʻyin-kulgi, qahqahadan iborat emas, oʻqish, izlanish  mehnatga mehr tufayli deb tushundim.

Lekin, baribir yaxshi niyat va orzular qilsam moʻjizalar albatta, boʻlishiga ishonaman. Tengdoshlarimga bu kitobni oʻqishni tavsiya qilaman, Ushbu gʻayrioddiy va hayratlanarli kitobni varaqlab, siz bolalik qanday qiziqarli, begʻubor va moʻjizalarga boy ekanini tushunasiz.

Nodiraxon Rustamova

Yoyish

1 mulohaza

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.