Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” ayollar va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi va “gujum.uz“ sayti bu yil besh yoshga toʻldi. Oʻtgan davrda markaz xodimlari mahallabay asosida ishlab, 4 ta grantni hayotga joriy qildi. Besh qismdan iborat ushbu videotasma bosib oʻtgan yoʻlga bir nazar.
Shuningdek, toʻrtta loyihamizda ham Prezidentimiz taʼkidlaganidek, mahallabay usulida faoliyat yuritildi. Markaz tomonidan amalga oshirilgan loyihalar mazmun- mohiyatan bir-birini uzviy davom qildirib kelmoqda.
Ushbu videotasma bugun boʻlib oʻtgan “Kitobxon mahalla yohud ochiq osmon ostida QR kodli minikutubxona” grantining yakuniga bagʻishlangan tadbirda namoyish etildi.
Nodira SAʼDULLAYEVA, loyiha va videotasma gʻoyasi muallifi
Martin GREBENYUK, videotasma ustasi