Mahalladagi kutubxonalar bolalarning sevimli maskani!

0
373
marta koʻrilgan.

 Mamlakatimizdagi barcha mahallalarda kutubxonalar tashkil etilgani juda aqlona ish boʻldi. Ayni paytda ziyo maskanini kitob bilan taʼminlashga butun jamoatchilik munosib hissa qoʻshib kelyapti.

 Poytaxtdagi Yunus Rajabiy nomidagi mahalla kutubxonasi ayni yozgi taʼtilda   samarali faoliyat yurityapti. Jamoat qoʻrgʻonida ikki mingdan ortiq kitob mavjud. Ushbu ziyo manbai pandemiya davrida oilalarni, jumladan, yoshlarni, kichkintoylarning manaviyatini yuksaltirishga alohida eʼtibor bermoqda.

Abrorov Abdulloh Mansur oʻgʻli singlisi Fazilat bilan ushbu manaviyat maskaniga kitob olgani tez-tez chiqib turadi. Ularga kutubxona uyining yonidaligi juda qulay. 

A. Abrorov shunday deydi: «Biz Toshkent shaharidagi 91- maktabning 6 va 4- sinf oʻquvchilarimiz. Menga tarixiy kitoblar yoqadi. Hozir “Ozodlik uchun kurashganlar” nomli  kitobni oʻqiyapman. Shuningdek, ushbu jamoat maskaniga sovgʻa qilingan mahalladoshimiz Yulduz Nazarning “Aslingizdek” kitobi ham meni qiziqtirib qoldi.

 Singlim esa ertaklar, bolalarga atalgan kichik hikoyalarni xush koʻrib oʻqiydi. Ayni paytda Alisher Navoiy bobomizning  bolalarbop tarzda chop etilgan asarini oʻqiyapti. Aziz tengdoshlarim, uyda zerikishni xohlamasangiz uyingiz yonidagi iahallangiz kutubxonasiga chiqing,  mutolaa qiling, kitobdan foyda bor. Taʼtilingizdan, boʻsh vaqtingizdan unumli foydalaning!»

Aziz oʻquvchilar, mahallagi chiqing, qulay imkoniyatlardan foydalanib kitob mutolaa qiling. Bu faoliyat bilimingizni oshirib, turmushingizga maʼno bagʻishlab, hayotingizni bezaydi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.