Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi, poytaxtdagi Yunusobod tuman hokimiyati va Toshkent shahar “SOG‘LOM ONA VA BOLA” markazi hamkorligida Toshkent sharqshunoslik instituti qoshidagi Yunusobod akademik litseyida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda “SOG‘LOM ONA VA BOLA” markazi va “gujum. uz” internet nashri rahbari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova bilan ijodiy uchrashuv uyushtirildi.
R. Zaripova 45 yillik jurnalistik faoliyatida mamlakat ijtimoiy-maʼnaviy hayotining dolzarb masalalari qalamga olingan «El eʼzozlagan ayollar», «Boychechak», «Ayolga ehtirom», «Chashma», «Bola-aziz, ona-moʻtabar», «Barhayot nomlar» kabi koʻplab toʻplamlarda ocherk va hikoyalari, «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi: milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni amalga oshirish masalalari» nomli maʼruzalar toʻplamida huquqiy mavzudagi maqolasi, shuningdek, «Harorat», «Onaginam», «Yurt qoʻshiqlari», «Qisasi Rabgʻuziy»(2-jildli), kitoblari chop etilgan.
Ayni kunda “Saboqdosh jurnalistlarning 68-yil simfoniyasi” nomli publitsistik toʻplam “Istiqlol” nashriyotida chop etildi. Kursdoshlar kursdoshlar haqida hikoya qiluvchi turkum publitsistik asarda R. Zaripova ham koʻplab ocherklari bilan qatnashdi.
Shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati davrida Qonunchilik palatasi tomonidan qabul qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati, mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar qalamga olingan va partiya hayotiga oid qator publitsistik asarlar eʼlon qildi.
U nafaqaga chiqqach, «Sogʻlom avlod» gazetasida loyiha muallifi va rahbari sifatida faoliyat yuritdi. Va “SOG‘LOM ONA VA BOLA” nodavlat notijorat tashkilotini tashkil etdi. Shu bilan birga ayni kunda gujum. uz veb saytini tashkil etib, oʻzbek internet jurnalistikasiga munosib hissa qoʻshib kelyapti.
R. Zaripova davr bilan hamnafas ijodiy faoliyati haqida gapirayotib inson tadbirkor, tashabbuskor boʻlishga intilib yashashi lozimligi, buning uchun bolalikdan, yoshlikdan mutolaaga mehr qoʻyish maqsadga muvofiqligiga alohida urgʻu berdi.
Mutolaga mexr qoʻygan insonning tafakkur va tassavurlari kengayishi, bu esa oʻz navbatida tashabbuskorlikka, tadbirkorlikka undashini taʼkidladi. Amir Temurning “mingta tadbirsiz kishidan bitta tadbirkor inson maʼqul”lagi haqidagi fikrlarini matal tariqasida keltirdi. Ayni kunda yurt taraqqiyotiga, el farovonligiga munosib hissa qoʻshayotgan kishilar ana shunday tadbirkor kishilar ekanligini gapirib, oʻzi qalamga olgan zamonamiz qahramonlari hayotidan misollar keltirib oʻtdi.
Yoshlarga oʻz ijodi haqida gapirayotganida ijtimoiy tarmoqlardagi muloqotlarga koʻp vaqt sarflagandan koʻra mamlakatimizning ichki va tashqi siyosatini hamda tengdoshlari hayotini oʻzida aks ettirayotgan gujum. uz rasmiy internet nashrlari kabi saytlarni koʻproq oʻqish maqsadga muvofiqligini taʼkidlab, yoshlarni ijodiy hamkorlikka daʼvat qildi. Saytning mazmun –mohiyati va elektron pochtasi bilan tanishtirdi.
Tadbir oxirida oʻzining mualliflik kitobini litsey kutubxonasiga sovgʻa qildi.
R. Sapoyeva
Farmon Turobov olgan suvratlar.
.