Masofaviy ish uslubida kitobxonlar bilan mulokot

0
312
marta koʻrilgan.

Bugun barchamiz uyda oʻtirib, yer kurrasini simobdek qalqitayotgan koronavirus taraqalishiga qarshi kurashishga,   xatarning tezrok bartaraf boʻlishiga munosib hissa  qoʻsha olamiz. Qanday deysizmi? Uyda qolish va boshqalarni ham shunga chorlash  orqali yorugʻ kunlarga erishamiz. 

Mamlakatimizda jaʼdal surʼatlar bilan bu baloni yoʻq qilishga hamma tizimda kurash boshlandi. Ommaviy axborot vositalari – telekanallar, radio, gazeta va boshqa tizimlar ham  oʻz mehnatlarini ayamayaptilar. Sogʻlikni saqlash vazirligi tizimi xodimlari tunu kun kasalxonalarda bemorlarga karantindagi fuqarolarga xolis yordam koʻrsatmokdalar.

Respublikamiz boʻylab dezinfeksiya qilish avjida, bundan xursandmiz. Boshka soha xodimlari xam har jabhada jonbozlik koʻrsatishmoqda. Fidoiylarimizga ming bora rahmat aytsak arziydi oʻz hayotini oʻylamay xatarli hayotga dadil kirib boryaptilar.

Pandemiyani oldini olish, tahlikali karantin davrida aholini boʻsh vaqtlarini sermazmun oʻtkazishlari uchun Uchtepa tumani axborot kutubxona markazi (AKM) xodimlari xam onlayn xizmatlarni keng yoʻlga qoʻydilar. Oʻz zimmasidagi maʼsuliyatni astoydil bajarish uchun harakat qilmoqdalar.

Uchtepa axborot kutubxona markazi masofaviy ish uslubida yaʼni onlayn mutolani ushbu tarmoqlar orqali  tavsiya qiladi.

https://t.me/akm_uchtepa t.me//elektron_kutubxona_uchtepa t.me//audio_kutubxona_uchtepa

Siz aziz kitobxonlar uchun ushbu ijtimoiy tarmoqlar orqali kitoblarni elektron shakllari, audio kitoblar, ertaklar, video roliklar, multfilmlar, mohir qoʻllar, topishmoqlarning manbaalari oʻzbek va rus tillarida, lotin va kirill alifbosida berib boriladi.

 Hozirgi kunda elektron kutubxona tushunchalariga koʻplab murojaat qilinmoqda. Chunki, internet tarmoqlari yuksak choʻqqilarni zabt etishi va kitobxonlarning intelektual ehtiyojlarini, hamda ularning kitob oʻqish madaniyatini shakllantirishda yaqindan koʻmakchi boʻlmokda.

AKM elektron kutubxonasida siz sevgan yozuvchi va shoirlaringizning asarlarini mutolaa qilish bilan birga ularning hayoti,  ijodiy faoliyati va asarlarining yaratilish tarixi  bilan yaqindan tanishasizlar.

Audio kutubxonamizda milliy sanʼatimiz dargʻalari Shukur Burxonov, Olim Xoʻjayev va boshqa mashhur akterlarning ijodiy  arxivlari bilan tanishasiz. Betakror ovozlarini eshitasiz, spektakl  va inssenirovkalarini tomosha qilasiz. Shu bilan birgalikda ovozli kitoblarini tinglash imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Jajji bolajonlarimizni ham unitganimiz yoʻq. Kichkintoylarni ertaklar olamiga taklif qilamiz. Bunda sizlarga t.me//bolalar_olami_uchtepa  t.me//detskiy_mir_uchtepa , kanallari orqali  yordam beriladi. Aziz bolajonlar, hurmatli ota-onalar, ushbu linklarni bossangiz gʻaroyib olamga tushasiz. Bu yerda sizlarni qiziqarli multfilmlarda oʻzbek, rus va butun jahon ertaklari kaxramonlari kutib oladilar. Bu makonda olam-olam quvonchlar tuyasiz.

Azizlar uyda qolib boʻsh vaqtlaringizni mazmunli oʻtkazing. Karantin kunlarida belgilangan tartib-intizomga, sanitariya-gigiyenaga  rioya qiling, ana shunda ushbu sinovli  kunlarni tezroq yengib oʻtamiz.

Sinovli damlar tugab yorugʻ kunlarga yetib kelganimizda siz aziz kitobxonlarga bundan-da koʻproq imkoniyatlar yaratish istagidamiz. Kutubxonaga tashrif buyurib milliy asarlarimiz va dunyo yozuvchilarining minglab nodir asarlaridan bahramand boʻlasiz, degan umidamiz.

Hozirgi davr esa har birimizdan fidoiy boʻlishni talab etadi. Prezidentimiz daʼvatiga va hukumatimiz tartib qoidalariga amal qilib, uyda qolib, oilamiz bilan birgalikda kitob mutolaa qilib, hayotimizni mazmun-mohiyatga burkaylik. Tayoqning ikki tomoni boʻlganidek, karantinning ham ezguligi bor. Alloh bergan oila davrasida boʻlishdek imkoniyatdan keng foydalanaylik.  Sogʻlom turmush tarziga rioya qilib, badan tarbiya, sogʻlomlashtirish mashqlari bilan shugʻullanaylik. Tansiq va vitaminlarga boy taomlarni oʻz qoʻlimiz bilan tayyorlab, oila davrasida  isteʼmol qilishga nima yetsin! 

Oʻqigan qitoblaringizning mazmun–mohiyatini hikoya qilib, taassurotlaringizni bildirib, boshqalarni ham mutolaaga chorlamoqchi boʻlsangiz gujum.uz  elektron nashrning  pochtasiga maktub yoʻllashingiz mumkin. Aziz yurtdoshlar, saytning el pochtasi: gujum@ list.ru ga maktub yoʻllab, savob ishga qoʻl urishga va oʻzingizning ijodiy qobiliyatingizni sinab koʻrishga imkoniyatingiz bor.  Fikrlaringizni biz saytda chop etib boramiz. Shuningdek, fakebook, twitter, telegram, you tube da ham saytning tarmoqlari mavjud. Ular orqali ham maktub yoʻllashingiz mumkin.    Biz  ham uyda oʻtirib AKM bilan masofaviy muloqot qilib, hamkorlik qilyapmiz.

Aziz yurtdoshlar uyda qoling, bu ajoyib imkoniyatdan mazmunli foydalaning, keling, bir birimizga virus emas ezguliklar ulashaylik. Koronavirus balosidan tez kunlarda forigʻ boʻlaylik, deya Yaratgandan soʻrab qolamiz. Hayotimiz bahoriy gullardek goʻzal boʻlishini, elimiz, yurtimizning dalalariga qut-baraka enishini, farzandlarimizning mutolalari samarali boʻlib, yurt koriga yaraydigan  salohiyatli inson boʻlishlarini Allohdan soʻrab qolamiz!

Barchinoy XODJAYEVA, Uchtepa tuman AKM direktori vazifasini bajaruvchi

Raʼno  ZARIPOVA, Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” markazi rahbari

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.