Men, Zokirova Munira, poytaxtdagi 283-maktabning 4 a sinf oʻquvchisiman. Uchtepa axborot kutubxona markaziga aʼzoman. Menga bu yerda kitob tanlash va oʻqish juda yoqadi.
Ayniqsa, tarixiy kitoblarga juda qiziqaman. Agar ularni oʻqisam, huddi tarixda paydo boʻlib qolgandek boʻlaman. Albatta, ularni tushinish biroz qiyinroq. Biroq, ishtiyoqim shunga undaydi. Tushunmagan paytimda ota-onamdan yordam soʻrayman. Aziz tengdoshlarim, sizga ham tarixiy kitoblarni oʻqishni tavsiya qilaman.
Ayni kunda karantin davrida uyda qolib, Sulton Jaloliddin Manguberdi haqidagi kitobni oʻqiyapman. Chunki menga Jaloliddin Manguberdi haqidagi multfilm juda yoqadi. Gohida oʻzim, gohida onam bilan birga oʻqiyman. “Oʻzbekiston uchun afsonaviy qahramon boʻlsada, dunyo u haqida kam biladi», deydi onam. Uning harbiy iqtidoriga asosiy dushmani Chingizxon ham tan bergan joyi ayniqsa, meni ruhlantiradi.
Dini, millati va yurti uchun kurashgan mard qahramonimiz bizga gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Kitob mutolaa qilganimda ularga munosib avlod boʻlishni havas qilaman.