Navroʻz ayyomida Savitskiy muzeyiga sayoxat

0
122
marta koʻrilgan.

Navroʻz ayyomi kuni oilaviy Nukus shahridagi Savitskiy muzeyiga sayohat uyushtirdik.

Muzey ichkarisiga kirishimiz bilan muzey xodimlari bizlarga peshvoz chiqishdi, bayromona kayfiyatda juda ilik kutib olishdi. Muzey ajoyibotlari sari boshlovchi qizimiz bizlarni barcha eksponat va kartinalar bilan birma-bir tanishtirdi. Bizga ayniksa, ayollar liboslari, zebu ziynatlari boʻlimi juda yoqib qoldi. Shunday chiroyli zebu ziynatlarni, kartinalarni yigʻib kelajak avlodimiz uchun katta meros qoldirgan Savitskiyga boʻlgan hurmatimiz yanada oshdi.

Muzeyda bizga hamrohlik qilgan nevaram Zaynabjon Urganch Davlat universitetining  tarix fakulteti talabasi boʻlib, u ham manaviyat maskanidan koʻp narsalarni bilib olganini, uning uchun amaliyot boʻlganini taʼkidlaganida yanada xursand boʻldim.

Muzeydan chikishimiz bilan uning   oldidagi maydonda ayyom tantanalari boʻlayotganiga guvoh boʻldik, maza qilib tomosha kildik, birga oʻynadik, kuldik, olam-olam taassurot oldik.

Nukusdan Gurlanga qaytar ekanmiz, yurtimizda navroʻz bayrami shukuhi kezib yurganining guvohi boʻldik. Jonajon Vatanimizning har bir qishlogʻida qadimiy anʼanaviy bayramimiz keng nishonlanayotganini koʻrib, havasimiz keldi, quvondik, yayrab-yayrab dam oldik.

Tabiat uygʻonganligi, dalalar koʻkatlar bilan bezanganligi, oʻriklar, shaftolilar qiygʻos gullagani dillarimizga xushnudlik bagʻishladi.

Ona yurtimizning tinchligiga,  goʻzalligiga koʻz tegmasin! Allohim, yurt tinchligi, tabiat goʻzalligi bardavom boʻlsin, deya duolar qildik.

Jumagul Roʻzmetova, GUJUM.UZ caytining jamoatchi muxbiri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.