Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz

0
509
marta koʻrilgan.

Poytaxtning Yunus Rajabiy  nomidagi mahallasida amalga oshirilayotgan  ezgu amallardan biri – “Qadriyatlarimiz – bebaho boyligimiz” mavzuida  tadbir boʻlib oʻtdi. 

Markazimiz hamisha hamkor tashkilotlarning faoliyatini ham yoritib boradi. Milliy qadriyatlarni ulugʻlovchi, mahallamiz faol xotin-qizlari ishtirok etgan yigʻinni mahalla raisi U. Q. Xakimov ochib berdi.

Tadbir Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talaba qizlari tomonidan ijro etilgan Muhammad Yusuf sheʼrlari jarangidan boshlandi.  Mahallada joylashgan 250- son maktabgacha taʼlim muassasasi jajji raqqosalarining milliy ijrolari  barchani xushnud qildi. Mahallaning yosh kelinchagi salomini onaxonlar ezgulik ila duolar bilan qabul qilishdi. Tadbirda Oʻzbekiston Davlat  Amaliy sanʼat muzeyi tomonidan uyushtirilgan koʻchma namoyish ham tadbirga koʻrk berdi. Ushbu koʻrgazma uyga qaytayotgan 91- maktab oʻquvchilarining eʼtiborini tortdi. Ular ham kirib tadbirda qatnashishdi.

 – Kelgusi tadbiringizga men ham chizgan suvratlarimni olib kelsam boʻladimi,– soʻradi bolalardan biri.

– Albatta,– javob qildi unga mahalla vakilasi.

 Bolakayning qiziqishi, tadbirning mazmun- mohiyati yosh-u qariga oʻz taʼsirini oʻtkazganini ifodalaydi. Zero, barcha tadbirlarimiz kelajagimizni, qadriyatlarimizni davomchisi boʻlgan farzandlarimiz uchun. Tadbir mavzusi dolzarbligini nafaqat  bolakayning orzularidan balki, maʼnaviyatni, maʼrifatni, yuksaltirishning yoʻli milliy qadriyatlarga muhabbat, mutolaa madaniyatiga ixlos  ekanligini mamlakatimiz prezidenti  qarorlari, Harakat strategiyasi, uning uzviy davomi boʻlgan Taraqqiyot strategiyasiga hamohangligidan ham anglash mumkin.

  Rasmlar: Mahalla tomonidan  tushirilgan esdalik toʻplamidan.

R. ZARIPOVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.