Respublika reproduktiv salomatlik markazi bosh mutaxassisi: xususiy klinikalar malakali mutaxassislarni “oʻgʻirlab” olmoqda

0
435
marta koʻrilgan.

Bu haqida “Sogʻlom avlod” gazetasi va “Sogʻlom ona va bola” ayollar va yoshlarni qoʻllab-quvvatlash markazi hamkorligida tashkil etilgan “Stol atrofida” loyihasi doirasida oʻtkazilgan davra suhbatida fikr bildirdi:

– Oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan tibbiyot xodimlari masalasida bu borada hech qanday muammolar uchramaydi. Faqatgina bilim olish borasidagi sifat masalasi oldimizda turgan dolzarb masala sanaladi, – deydi Ikrom Amonov, – ammo, oliy maʼlumotli tibbiyot xodimlari yetishmasligi chindan ham tibbiyotning har bir sohasida mavjud muammodir. Akusher-ginekolog sohasi ham bundan mustasno emas.

Yaqinda Navoiy viloyatining Uchquduq tumanida markazdan 80 km olisda joylashgan QVPda boʻlgandim. Navoiy viloyati tibbiyot muassasalarida oliy maʼlumotli tibbiyot xodimlariga vakansiya juda yuqori darajada ekan. Hozirda, tibbiyot oliygohlari uchun qoʻshimcha kvotalar ajratildi. Bu ham kelajakda kadr taqchilligining oldini olishda oʻz samarasini beradi.

Kuzatuvim davomida shunga amin boʻldimki, oxirgi 5 yil ichida koʻplab tibbiy mutaxassislar xususiy sektorga oʻtib ketgan. Qariyb 40 foiz shifokorlar davlat muassasalaridan xususiy klinikalarga oʻtib ishlamoqda.

Buning bir qancha sabablari bor. Birinchidan, yurtimizda xususiy klinikalar faoliyati rivojlanmoqda. Hozirda xususiy sektorda shifokorlar uchun 7-8 million soʻmgacha ish haqi toʻlanadi. Bu esa shifokorning moddiy manfaatdorligi oshishiga xizmat qiladi. Ikkinchidan, davlat tasarrufidagi tibbiyot muassasalari shifokorlarining oʻz vazifasidan tashqari turli jamoat ishlariga jalb etilayotgani ham taʼsir koʻrsatmoqda.

Qoʻpol boʻlsa ham aytish joiz, xususiy klinikalar tibbiyot muassasalarining malakali mutaxassislarini “oʻgʻirlab” olmoqda. Sababi yaxshi mutaxassislarni mijozlar koʻp izlab keladi.  

 

Xurshida Husenova

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.