”ROBOT-UZ 2020” robototexnika tanlovi

0
548
marta koʻrilgan.

 Mamlakatimizda Prezident maktablari, buyuk allomalarimiz nomi bilan ataladigan ixtisoslashtirilgan maktablar, ijod maktablari, Temurbeklar maktablari kabi zamonaviy va innovatsion taʼlim maskanlari tashkil etilib, samarali faoliyat olib bormoqda.

Ushbu maskanlarda jahon standartlari asosida eng zamonaviy sharoitlar yaratilgan. Oʻquv dargohida  taʼlim- tarbiya olayotgan oʻquvchi va pedogoglarga  yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirib, murakkab sinovlardan oʻtib, ushbu maktablarga qabul qilingan oʻquvchi va pedogoglar bilan suhbatlashganda koʻngil yayraydi.

Ushbu yil karantin arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  qator tashlikotlar bilan hamkorlikda oʻquvchi yoshlar, talabalar, yosh pedogoglar va karxonalarning yosh mutaxassislari oʻrtasida  ”ROBOT-UZ 2020 » robototexnika tanlovini oʻtkazgan edi.

Ushbu tanlovda nevaram Navroʻzbek Saʼdullayev sinfdoshi Nuriddin Jamolitdinov bilan hamkorlikda 2 ta  ”Robot – futbol” texnologiyasini yaratib qatnashishdi. U bilan suhbatlashganimda, “Bitta joyida xato qilib qoʻyibmiz. Shuning uchun bizga peshqadam oʻrinlar tegmadi. Lekin, ragʻbatlantiruvchi diplomni oldishga erishdik. Hamkorlikda ishlash  insonni hamjihatlikka oʻrgatadi.  Inson bir-biriga ustoz-shogird boʻladi.  Biri-biriga oʻrgatadi, biri biridan oʻrganadi. Ushbu tanlovda qatnashib, tengdoshlarimizning ishlarini kuzatib,  koʻp texnologiyalarni oʻrganib oldik. Ayniqsa, yosh pedogoglar orasidagi  tanlov juda qizgʻin oʻtdi. Bu tanlov bizga mahorat maktabi boʻldi.– deydi Navroʻzbek Saʼdullayev.

Ularga diplomlar onlayn tarzda topshirildi.

R. ZARIPOVA

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.