Tahririyatimizga yana bir xushxabar keldi.  Azadbayev Feruzbek Sarvar oʻgʻli olimpiada gʻolibi

0
232
marta koʻrilgan.

Tahririyatimizga yana bir xushxabar keldi.  Azadbayev Feruzbek Sarvar oʻgʻli   karantin paytida Rossiyada boʻlib oʻtgan ingliz tili boʻyicha onlayn tarzdagi  “Vremya Znaniy” xalqaro olimpiadasida  1-oʻringa munosib koʻrildi.

Feruzbek Xorazm viloyatining eng chekka tumani Gurlandagi  33-son maktabining ikkinchi sinfida aʼlo baholarga oʻqiydi. Ushbu maktab Gurlan tumanining ham eng chekka Guliston qishlogʻida joylashgan. Ushbu dalillar esa internet tarmoqlari mamlakatimizning eng olis hududlarida ham munosib ishlab turganligini ifodalaydi.  Ayni paytda yurtimizda  onlayn taʼlim — tarbiya amalga oshirilayotgan bir davrda albatta, bu eng zaruriy holat!

Pedogoglar bilan ota –onalarning hamkorligini aks ettiruvchi bunday maktublar saytimiz tahririyatiga toshqin suvdek har kuni oqib kelayapti.  

 Uyda qolib, oila davrasida oʻtirib, farzandining salohiyatini yuksaltirishga imkoniyat yaratayotgan eʼtiborli   ota-onalarga va gʻamxoʻr, hamkor ustozlarga markazimiz nomidan rahmatlar aytamiz.  

Aziz yurtdoshlar! Shu kunlarda nafaqat biz, balki butun jahon ahli murakkab sinovli kunlarni boshidan kechirmoqda. Tojdor  xastalikdan eson-omon qutilishimiz uchun, karantin qoidalariga toʻliq rioya qilishimiz, sabr-bardoshli, intizomli boʻlishishimiz shart.

Prezidentimizning videoselektorlar orqali Vatan taraqqiyoti, yurt tinchligi, el farovonligi, har bir oilada qut-baraka boʻlishi  yoʻlida amalga oshirayotgan saʼy-harakatlarni, qabul qilinayotgan tartib-qoidalarni odamlarning salomatligi haqida qaygʻurish, har bir inson, ayniqsa har bir oʻgʻil-qiz uchun gʻamxoʻrlik ekanligini har birimiz chuqur va teran his etaylik.

Ushbu  sinovli damlarda hammamiz yanada jipslashib, sabr-matonat, yuksak tafakkur, qatʼiy intizom va ulkan masʼuliyatli faoliyatimiz bilan javob beraylik. Ayni paytda uyda qolib, farzand tarbiyasi bilan shugʻullanadigan vaqt keldi. Feruzbek oʻgʻlimizga va barchaga  salomatlik va omadlar tilaymiz.

Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.