Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlab Toshkent shahar Uchtepa tumani axborot-kutubxona markazi, OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi va Toshkent shahar “Sogʻlom ona va bola” ayollarni va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi hamkorligida “Yangi Oʻzbekistonda erkin va farovon yashaylik!” mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Uchtepa tumani axborot-kutubxona markazidagi davra suhbatiga tashrif buyurgan soha mutaxassislari bugungi Oʻzbekistonning rivojlanish istiqbollari, uning mustaqillik yillarida erishib kelayotgan yutuqlari, xalq farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdilar.
Uchtepa tuman Milliy gvardiya xodimlari ishtirok etgan yoshlar bilan uchrashuvda OʻzLiDeP Toshkent shahar Kengashi raisining Mafkuraviy, targʻibot-tashviqot ishlari boʻyicha oʻrinbosari, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Bobirjon Rasulev istiqlolning buyuk neʼmat ekanligi, yurt iqtisodiyotining tayanchi boʻlgan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda yoshlarning oʻrni, shuningdek, yaqinda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga boʻlib oʻtadigan saylov yuzasidan tinglovchilarga tushuntirishlar berdi.
Toshkent shahar axborot-kutubxona markazi direktori Hofiza Karimova oʻz soʻzida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar mamlakat iqtisodiyoti taraqqiyotiga, xalqimiz farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini taʼkidladi.
“Sogʻlom ona va bola” ayollarni va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi boshqaruvi raisi, GUJUM.UZ sayti rahbari, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist Raʼno Zaripova maʼruzasida shunday dedi: «Mustaqillik Oliy neʼmat ekanligini anglatuvchi yangi Oʻzbekistonda yangi islohotlarni ifodalovchi bu yilgi yangiliklardan uchta misol keltiraman. Birinchisi bu-apreldagi maʼlumot: Oʻzbekiston ilk bor dunyoning eng yaxshi mamlakatlari reytingidan oʻrin oldi. Reyting toʻrtta hududdan 17 mingdan ziyod kishi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomaga asoslangan. Ekspertlar dunyoning 78 ta mamlakatini 76 xil koʻrsatkich boʻyicha baholashgan. Ular bizning mamlakatni ham odamlar uchun barqaror tinch, xavfsiz, ochiq, adolatli va teng huquqli jamiyat deb hisoblaydi. Reytingda, shuningdek, ijtimoiy adolat darajasi, irqiy tenglik va oʻz faoliyatini boshlash imkoniyatlari ham hisobga olingan.
Ikkinchisi esa iyun oyidagi maʼlumot Parlamentlararo ittifoq (PI) rasmiy veb-sahifasi 2021 yil uchun «Siyosatda ayollar» infografikasini eʼlon qildi. Unda ayollarning turli mamlakatlar parlamentlari va hukumatlaridagi vakilligiga oid statistika keltirilgan. Parlamentlararo ittifoq maʼlumotiga koʻra, ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 45-oʻrinni egallab turibdi. Respublikamiz shu maʼnoda PIga aʼzo 130 dan ortiq davlat, jumladan Germaniya, Avstraliya, Kanada, AQSH, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan oʻzib ketdi. Parlamentlararo ittifoq 179 mamlakat parlamentlarini birlashtiruvchi parlamentlararo muloqot uchun eng yirik maydon hisoblanadi. Shuningdek, tashkilot tarkibiga, 13 ta hududiy parlament birlashma ham kiradi.
Uchinchisi, kuni kecha boʻlib oʻtgan Tokio 2020 olimpiadasida delegatsiyamiz 5 sport turida 5 ta medal jamgʻardi. Mamlakatimiz medallar sifati boʻyicha (3 ta oltin, 2 ta bronza) Osiyo davlatlari orasida Xitoy, Yaponiya, Koreya Respublikasi va Eron kabi sport boʻyicha yetakchi davlatlardan keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida Rossiya Olimpiya qoʻmitasidan keyin ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi natijaga erishdi.
Shuni taʼkidlashni xoxlardim, yurtimiz mustaqilligigacha Oʻzbekistonda atigi birgina jahon chempioni bor edi. Endilikda har sport olimpiadasida yutuqlarga erishib kelyapmiz. Mustaqillik sharofatidan yana bir dalil — Oksana Chusovitina Barselona-1992 Olimpiya oʻyinlari chempioni, uch karra jahon chempioni, Osiyo oʻyinlari gʻolibi, qatorasiga yettita yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan yer yuzidagi yagona ayol gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilgan».
Raʼno Zaripova soʻzining oxirida barchani eng aziz, eng ulugʻ bayram- Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi bilan barchani qutladi.
Uchtepa tumani axborot-kutubxona markazi direktori yaʼni mezbon sifatida eng oxirida soʻz oldim. Uzoq yillar parlamentda ishlaganim koʻrganlarim, kuzatganlarim va eshitganlarimni bir-bir hikoya qilib berdim. Oʻzbekiston bugungi MDH mamlakatlari orasida birinchilardan boʻlib oʻz mustaqilligini elon kilganligi, Oliy Kengash 1991 yil 1 sentyabrni Mustaqillik kuni deb elon kilgani, ushbu buyuk nematga erishish yoʻli murakkab boʻlgani, bu xalqimizning asriy orzusi ekanligi, Oʻzbekistonni ozod, obod yurt sifatida koʻrish niyatida kanchadan- kancha ziyoli, mard, vatanparvar bobolarimiz shahid boʻlganini eslash ham karz ham farzligini yoshlarga tushintirishga intildim.
Bugungi musaffo osmonimiz, dunyo hamjamiyatida oʻzimizga xos mavqega ega boʻlishimiz, va eng asosiysi oʻz ona tilimizda emin — erkin soʻzlashishimiz, oʻz takdirimizni oʻzimiz belgilashimiz, kuhna tariximiz, boy merosimiz, mukaddas dinimizni, urf odatlarimizning kayta tiklanishi mustaqilligimizning eng katta inomlaridan ekanligini taʼkidladim.
Davlatimiz rahbarining paxta va gʻalla uchun davlat buyurtmasini bekor qilish orqali bolalarning majburiy mehnatdan butunlay voz kechish kabi qarorlari natijasiga bugun guvohi boʻlib turibmiz. Har jabhada har sohada boʻlayotgan ishlarni gapirsak adogʻi yoʻk. OAVga berilgan erkinliklar, Xalk kabulxonalarining tashkil etilishi, har bir fuqoro dilidagini, barcha fikrlarini bugun ochik gapirmokda va hukumat tomonidan eshitilib choralar koʻrilmokda.
Mana yoʻllarni qarang. Avvallari faqat katta yoʻllarga eʼtibor berilardi. Endilikda maxallalar ichidagi kichik tor koʻchalar ham tekislanib, asfaltlanmoqda. Mana hozir Prezidentimiz mahallaboy asosida ishlaymiz, va shu yoʻl bilan har bir xonadonga kirib boramiz deyaptilar. Yana kutubxonalarga, kitobxonlikka juda katta urgʻu bermoqdalar. Uchiinchi renessansni bugungi kitob oʻqiyotgan bola amalga oshiradi, deya ilmga, bilim olishga imkoniyat yaratayaptilar. Bizni vazifamiz hukumat tomonidan olib borilayotgan ezgu ishlarga qoʻlimizdan kelgancha hissa qoʻshish va shu kunlarimizga shukronalik bilan javob qaytarishdir. Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligiga barchamizga qutlugʻ boʻlsin!
Barchinoy XODJAYEVA, Uchtepa tuman axborot-kutubxona markazi direktori