Abdulla Oripov sheʼri: SUHBATDOSH

0
572
views

Qaniydi uchrasa shunday bir odam:
Sen yoqa boʻlganda u ham yeng boʻlsa.
Yoshi, martabasi teng boʻlmasa ham,
Albatta sen bilan koʻngli teng boʻlsa.

Qaniydi uchrasa shundayin bir zot,
Gaplashsak jaydari yoronlarga xos.
Deylik: yulduzlarda bormikin hayot,
Qaysi darmondori qaysimizga mos.

Qaniydi uchrasa shunday suhbatdosh,
Bir-birin asabin arralashmasa.
Biri koʻz boʻlganda, biri boʻlsa qosh,
Suhbatga gʻiybat hech aralashmasa.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here