Qadim qadimdan xalqimiz sogʻlom avlod tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan. Xalq dostonlari. ertaklari, afsonayu qoʻshiqlari va allomalarning asarlarida goʻzal siymoli xushsuvrat yigit-qizlar mehr – muhabbat bilan taʼrifu tavsiflanishi ham buni tasdiqlaydi.
Macalan, hammamizga maktab darsliklaridan tanish Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhodning jasoratini, Vatan ishiga kamarbasta matonatini yoki Shirin va uning oʻn nafar kanizagining taʼrifu tavsifini bir eslang.
Diloromu Diloro-yu Diloso
Gulandamu Sumanboʻyu Sumanso
Parichehru, Parizodu Parivash
Paripaykar zihi oʻn ismi dilkash.
Allamo oʻn kanizagining har birida orzu havas qilgudek fazilatlar borligini va ularning bari Farhodu Shirinda mujassamlashganini faxr bilan kuylaydi. Har biri bitta yoʻnalish-tarix, fizika, matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik kabi ilmlarning yetuk sohibalari boʻlmish kanizaklar Farhodni savolga tutadilar. Farhod hozirjavoblik bilan kamolat sohibi ekanligini namoyon etadi. Hazrat Alisher Navoiy nazdidagi boʻlajak onalar shu qizlar timsolida mujassamlashgan. Sogʻlom fikrlovchi ham jismoniy ham maʼnan goʻzal farzandlar ana shunday yetuk ilmli, komil insonlardan bino boʻlishligini alloma shoirimiz orzu qilgan boʻlsa ajab emas. Zero, sogʻlom onadan sogʻlom farzandlar dunyoga keladi. Lekin bu orzuni umummilliy vazifaga aylantirish, uni toʻla ruyobga chiqarish imkoniyati faqat Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin vujudga keldi. Xalqimizning asriy orzulari ushaldi.
Isteʼdodli qizlarga Zulfiya nomidagi mukofotning berilayotganligi, ilmu fan va sport bilan shugʻullanayotgan salohiyatli srvrindor yoshlarga mukofotlar berib, ruhlantirilayotganligi, magistraiurada oʻqiyotgan qizlarning oʻquv shartnomasi mabla0i davlat tomonidan qoplanib, ragʻbatlantirilayotganligi komil inson tarbiyalash yoʻlidagi qadamlardir.
Mustaqillik yillarida “Sogʻlom ona-sogʻlom bola” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan dastur asosida keng koʻlamli chora tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi. Xususan zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diognostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tugʻruqxonalar barpo etildi. Mamlakatimizda xalqimizning ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor berilmoqda.
Raʼno ZARIPOVA, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist