Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida sogʻlom avlod taʼrifu tavsifi

0
541
marta koʻrilgan.

Qadim qadimdan xalqimiz sogʻlom avlod tarbiyasiga alohida eʼtibor bergan. Xalq dostonlari ertaklari afsonayu qoʻshiqlari va allomalarning asarlarida goʻzal siymoli xushsuvrat yigit-qizlar mehr – muhabbat bilan taʼrifu tavsiflanishi ham buni tasdiqlaydi.

Macalan, hammamizga maktab darsliklaridan tanish Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonidagi Farhodning jasoratini, Vatan ishiga kamarbasta matonatini yoki Shirin va uning oʻn nafar kanizagining taʼrifu tavsifini bir eslang.

Diloromu Diloro-yu Diloso

Gulandamu Sumanboʻyu Sumanso

Parichehru, Parizodu Parivash

Paripaykar zihi oʻn ismi dilkash.

Allamo oʻn kanizagining har birida orzu havas qilgudek fazilatlar borligini va ularning bari Farhodu Shirinda mujassamlashganini faxr bilan kuylaydi. Har biri bitta yoʻnalish-tarix, fizika, matematika, mantiq, astronomiya, huquqshunoslik kabi ilmlarning yetuk sohibalari boʻlmish kanizaklar Farhodni savolga tutadilar. Farhod hozirjavoblik bilan kamolat sohibi ekanligini namoyon etadi. Hazrat Alisher Navoiy nazdidagi boʻlajak onalar shu qizlar timsolida mujassamlashgan. Sogʻlom fikrlovchi ham jismoniy ham maʼnan goʻzal farzandlar ana shunday yetuk ilmli, komil insonlardan bino boʻlishligini allama shoirimiz orzu qilgan boʻlsa ajab emas. Zero, sogʻlom onadan sogʻlom farzandlar dunyoga keladi. Ushbu orzuni umummilliy vazifaga aylantirish, uni toʻla ruyobga chiqarish imkoniyati  Oʻzbekiston istiqlolga erishgandan keyin yanada kuchvytirildi. Xalqimizning asriy orzulari ushaldi.

Isteʼdodli qizlarga Zulfiya nomidagi mukofotning berilayotganligi, ilmu fan bilan shugʻullanayotgan salohiyatli yoshlarga Prezident stipendiyasi taʼsis etilib, ruhlantirilayotganligi, izlanuvchan yosh sanʼatkorlarga “Nihol” sovrini joriy etilib, ular ragʻbatlantirilayotganligi, jahon arenasida Oʻzbekiston bayrogʻini baland koʻtargan sportchilarni uy va mashinalar berib  qoʻllab quvvatlantirilayotganligi, Prezident maktablari, ixtisoslashgan maktablar tashkil etilgani  komil inson tarbiyalash yoʻlidagi goʻzal qadamlardir.

Mustaqillik yillarida “Sogʻlom ona-sogʻlom bola” gʻoyasini oʻzida mujassam etgan dastur asosida keng koʻlamli chora tadbirlar ishlab chiqilib, hayotga joriy etildi. Xususan zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan diognostika, skrining va perinatal markazlari, yangi tugʻruqxonalar barpo etildi. Ayniqsa, bugungi kunda mamlakatimizda xalqimizning ijtimoiy himoyasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Taraqqiyot strategiyasida ham yoshlar masalasiga alohida eʼtibor beriladi. 

Sahiylik va ahiylik. Alloma Navoiy oʻz asarlarida muruvvatga, saxovatga juda koʻp eʼtibor karatadi.”Mahbubul-qulub” asarida saxovatsiz kishini yogʻingarchiliksiz bahorga, mevasiz yogʻochga, yogʻinsiz bulutga qiyoslaydi. Hazrat oʻz asarida himmat bobida shunday deydi “Bitta utmakni ikki boʻlib yarmini bir ochga berganni saxiy de, oʻzi yemay barini muhtojga berganni ahiy de” deya oʻgit beradi Saxiylik, muruvvat himmatlilikni ulugʻlaydi. Navoiy aytadiki, har bir odam birovning ogʻirini yengil qilishi kerak, birov yigʻlasa, uning boshini silab, jismiga jon, joniga darmon boʻlishi kerak. Ushbu asarning Saxovat bobida yana shunday yozadi: “Saxovat odamga badandur va himmat anga ruh… himmatsiz kishi er sonida emas va ruhsiz badanni kishi tirik demas”.

Hazrat Navoiy yonib kuylagan bu oʻgitlar hukumatimizning bugungi siyosatini oʻzida ifoda etadi. Mustaqil Oʻzbekistonning dastlab qabul qilgan Qonunlaridan biri ham nogironlarning rayeablitatsiyasi hakida edi. 

Ayni kunlarda kam taʼminlangan va turar-joyga muhtoj kishilarga arzon uylar berilayotgani Ayollar va yoshlar daftari tashkil etilgani ham davlatimiz tomonidan xalqimizga koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrliklardan yana biridir. 

Raʼno Zaripova, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.