Alloma Alisher Navoiyning ulugʻvorligi va buyukligi qisqa satrlarda

0
4018
marta koʻrilgan.

Alisher Navoiy ijodkor ziyolilar oilasida tugʻilgan. Uning bobosi Abu Said shoir boʻlgan. Ikkinchi bobosi Muhammad Ali esa musiqachi va xattot sifatida tanilgan.

Navoiy ikki taxallus ostida ijod qilgan. U Navoiy taxallusi ostida turkiy tilda ijod qilgan boʻlsa, forsiy tilda Foniy taxallusi bilan tanilgan.

Alisher Navoiy turkiy til asoschisi. Navoiy davrida  koʻpgina asarlar  forsiy tilda yaratilgan. Alloma esa turkiy tilning bagʻoyat goʻzalligini oʻz  ijodida isbotlagan.

Alisher Navoiy tariqati. Alloma Naqshbandiyning soʻfiylik tariqatida boʻlgan. Uning soʻfiylik falsafiy-estetik qarashlari «Lison ut-Tayr» asarida aks etgan.

Alisher Navoiy «kashfiyoti». Alloma  oʻz asarlarida kelajakni tassavur qila olgan. Oʻz asarlarida orzu qilgan yaʼni «kashf qilgan» beshta zamonaviy texnologiya bugungi kunda insonlarning ogʻirini yengil qilmoqda:

ESKALATOR. “Sabʼai sayyor” dostonida Zayd haqidagi hikoya keltiriladi. Zaydga podshoh taxt yasashni buyuradi. Podshoh taxtning birinchi zinasiga oyoq qoʻysa, zinaning oʻzi uni taxtga olib chiqib qoʻyadi.

TELEVIZOR. “Farhod va Shirin” dostonida “jomi Jamshid” haqida gap boradi. U toʻrt yuzdan ortiq olim tomonidan kashf qilingan boʻlib, insonga xohlagan odamini istagan vaqtda koʻrsata olgan.

ROBOTLAR. Farhod Yunonistonga safar qilganida u yengishi kerak boʻlgan toʻsiqlardan biri temir odamlar edi. Temir odamlarning oʻrtasida eng kuchlisining koʻksida koʻzgu boʻlib, Farhod yoyi bilan ana shu koʻzguni nishonga olishi kerak. Agar u nishonga toʻgʻri ursa, markazdagi temir odamning atrofidagi yuzta temir odam ham u bilan birga yiqiladi.

OLOVGA QARSHI MAXSUS YOGʻ. Dostonda Farhod uchun yana bir mushkul vazifa – ogʻzidan oʻt sochuvchi dahshatli dev Ahrimanni yengishi kerak edi. Donishmand Suhaylo butun umri davomida togʻdagi giyohlardan olovga qarshi yogʻ yigʻadi. Farhod Ahriman bilan jangga chiqishidan avval oʻzining va otining tanasiga ana shu yogʻni suradi. Natijada olov unga taʼsir qilmaydi. Bugungi kunda biz filmlarda yonayotgan holatda yugurayotgan aktyorlarni koʻramiz. Aktyorlar tanasiga maxsus yogʻ surib olishgani uchun ularga olov hech qanday taʼsir qilmaydi.

TELESKOP. Fanda teleskop XVII asrda Galileo Galiley tomonidan kashf etilgan. Navoiy dostonida esa u – yerdan osmonni kuzatuvchi qurilma emas, osmondan yerni kuzatuvchi qurilma – nuj sifatida tasvirlangan.

Buyuklar qancha soʻz  ishlatishgan. Rus xalqining buyuk shoiri Pushkin oʻz asarlarida 21 197 ta soʻz ishlatgan. Ingliz adabiyotining faxri Shekspir esa salkam 20 000 ta soʻzdan foydalangan. Ispan adabiyotining dahosi Servantes  oʻz asarlarida 18 000 taga yaqin soʻzni qoʻllagan. Alloma  Alisher Navoiy hazratlari  esa turkiydagi oʻz asarlarida  26 ming 35 ta soʻz ishlatgan.

Alisher Navoiy nomida krater. Bobomiz Alisher Navoiyning buyukligini unutmang, zero,  jahon ahli ham tan olmoqda. 2009 yilda Merkuriydagi krater Alisher Navoiy sharafiga nomlangan.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.