Alloma Navoiy hikmati: Sahiylik va ahiylik

0
181
marta koʻrilgan.

Alloma Navoiy oʻz asarlarida muruvvatga, saxovatga juda koʻp eʼtibor karatadi.

”Mahbubul-qulub” asarida saxovatsiz kishini yogʻingarchiliksiz bahorga, mevasiz yogʻochga, yogʻinsiz bulutga qiyoslaydi.

Hazrat oʻz asarida himmat bobida shunday deydi: “Bitta utmakni ikki boʻlib yarmini bir ochga berganni saxiy de, oʻzi yemay barini muhtojga berganni ahiy de” deya oʻgit beradi. Saxiylik, muruvvat himmatlilikni ulugʻlaydi.

Navoiy aytadiki, har bir odam birovning ogʻirini yengil qilishi kerak, birov yigʻlasa, uning boshini silab, jismiga jon, joniga darmon boʻlishi kerak.

Ushbu asarning Saxovat bobida yana shunday yozadi: “Saxovat odamga badandur va himmat anga ruh… himmatsiz kishi er sonida emas va ruhsiz badanni kishi tirik demas”.

Hazrat Navoiy yonib kuylagan bu oʻgitlar hukumatimizning bugungi siyosatini oʻzida ifoda etadi. Mustaqil Oʻzbekistonning dastlab qabul qilgan Qonunlaridan biri ham nogironlarning reablitatsiyasi hakida edi. Savob ishni xar kim, har kun qilishi kerak. Saxiylarni  har qadamda uchratish mumkin. Biroq, ahiylar bormi?! Qdriyatlarimiz naqadar ulugʻvor boʻlganligi kishini hayratga soladi. Qadriyatlarimiz, anʼanalarimiz bardavom boʻlsin.

Raʼno Zaripova, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.