«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan yosh avlod oʻrtasida ona tiliga boʻlgan hurmat va eʼtiborni kuchaytirish, milliy til millatning ruhi ekanligini yetishib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirish maqsadida «Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi» berilganligining 33 yilligi munosabati bilan Termiz davlat universitetining “Iqtisodiyot va turizm” fakultetida Oktyabr — «Oʻzbek tili va adabiyoti oyligi» doirasida «Tilga eʼtibor – elga eʼtibor» shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Mazkur tadbirda oliygohning “Iqtisodiyot va turizm” fakulteti “Moliya va moliyaviy texnologiyalar” yoʻnalishi oʻqituvchi va talabalari, «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga Oʻzbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini tubdan oshirish, unib-oʻsib kelayotgan yoshlarimizni vatanparvarlik, milliy anʼana va qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda davlat tilini toʻlaqonli joriy etishni taʼminlash, Oʻzbekistondagi millat va elatlarning tillarini saqlash va rivojlantirish, davlat tili sifatida oʻzbek tilini oʻrganish uchun shart-sharoitlar yaratish, oʻzbek tili va til siyosatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yoʻnalish va vazifalari hamda istiqboldagi maqsadlar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 21-oktyabrdagi “Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Mahbuba ROʻZIYEVA, Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi mutaxassisi