Zamonaviy jurnalistikani qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan ijodkorlarning tajribasi ortishi uchun doimiy treninglar tashkil qilinib kelmoqda. Ana shunday treningning navbatdagisi Samarqand viloyatida boʻlib oʻtdi.
Ikki kunlik treningda surxondaryolik, buxorolik va samarqandlik jurnalistlar va blogerlar jamlandi. Mediatrener, huquqshunos Madinaxon Tursunova, Subtrener SamDU dosenti Mavlonjon Boboxonovlar “Sifatli jurnalistikani rivojlantirish borasida media va axborot savodxonligi omillari” mavzusidagi treningda mediatrenerlar tomonidan ishtirokchilarga soʻz va OAV erkinligi xalqaro standartlari, milliy qonunchilik, raqamli huquqlar, media axborot savodxonligi, fakt–cheking asoslari, OAV va jurnalistlarning faoliyatini diffamasion xavflari, axborot manbalarini bilan ishlash, xolislik va shaffoflik va voyaga yetmaganlar haqidagi maʼlumotlarni chop etish qoidalar kabi mavzularida bilim va koʻnikmalarini oʻrtoqlashdi.
Jurnalist va blogerlarni zamovaniy jurnalistika va sifatli jurnalistlarni sonini oshirish orqali toʻgʻri va xolis maʼlumotlarni aholiga yetkazish maqsadida tashkil qilingan trening yakunida faol qatnashgan ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandi.
Samarkand shahri «Diyora» mehmonxonasi konferens zalida oʻtkazilgan jurnalist va blogerlarning xukukiy ongi va savodxonligini oshirish boʻyicha tashkil qilingan seminar trening vanihoyat nihoyasiga yetdi. Samarkand, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatidan kelgan OAV xodimlari oʻz sohalari va mediasavodxonlik boʻyicha bir birlari bilan tanishib, oʻzaro fikr va tajriba almashishdi.
Seminar juda qiziqarli, savol javoblar, muhokama va munozaralarga boy tarzda oʻtdi. Bizga yuridik va huquqiy hamda mediasavodxonlik boʻyicha oʻtkazilgan maʼruzalar, koʻrgazmalar asosida oʻtkazilgan suhbatlar OAV xodimlarini huquqiy ongi va taffakkur dunyosini oshirishda juda foydali boʻldi.
Shamsiddin RAISOV, Termiz Davlat Universiteti magistranti