Azamat Xudoybergan: Yalpiz, rayxon oʻstirib

0
82
marta koʻrilgan.

Gurlanlik yosh shoir Azamat Xudoybergan sheʼrlari bolalarday sodda va samimiy. Shu bilan birga oʻziga xosligi bilan ajralib turadi.

Oldinlari odamlar,
Yalpiz, rayxon oʻstirib
Yurganlarin koʻp koʻrardim,
Qulogʻiga qistirib.

Xozir-chi, bu udumlar
Xoʻb toptalib, bosilgʻon.
Kimni koʻrmay qulogʻiga
Faqat lagʻmon osilgʻon.

XOTINIMGA

Zoʻr yozuvchi mening xotinim,
Har yozgani oʻzgacha, tartib.
Tajribam koʻp ersamda oʻzim,
Kezi kelsa qoʻyar oʻrgatib.

Unga shartmas muhit, sokinlik,
Na kutmoqlik ilhomdan amr.
Xozir ham u «ijod» bilan band —
Oshtaxtada yozmoqda xamir..

Zoʻr yozuvchi mening xotinim.

A. X., [19.06.2024 0:28]

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.