Ushbu rivoyatu hikmatlardan xulosa shuki, boshingga qanday dard kelsa, oʻzgani aybdor qilma, oʻzingga boq! Oʻzingni, feʼlingni, hatti-harakatingni taftish qilishni ham bil:
Bir darvesh mevalar bilan oziqlanar, boshqa hech narsa yemas edi. U togʻlarda daraxtlar, turli mevalar bor edi. Allohga: – Yorabbiy, senga soʻz beraman. Bu daraxtlardan meva uzmayman. Shamolda yerga toʻkilgan mevalardan boshqa mevani yemayman, qoʻlimni hech qaysi shoxga uzatmayman.– dedi. Maʼlum muddat soʻzida turdi. Keyinchalik qismatning sinovlari boshlandi. Shuning uchun soʻzingizda doimo «Inshaalloh» deng, ahdlaringizga esa «Xudo xohlasa» iborasini ishlating.
Taqdir taqozosi bilan yoʻqotgan narsalaring sendan baloni daf qiladi, buni shunday deb bil! Bir ulugʻ zotdan «Tasavvuf nima?» deb soʻradilar. U shunday javob qaytardi :– Siqilgan paytda koʻngilda quvonch, farahning boʻlishi! Yoʻqotgan narsalaringizga achinmang, hatto boʻri kelib echkingizni yesa ham. Bu balo kattaroq balolarni daf etish, bu ziyon dahshatliroq ziyonlarning oldini olish uchundir, — dedi.
Shamol Sumaymonning taxtiga teskari esdi. Sulaymon: – Ey shamol, teskari esma, – dedi.
– Teskari ish tutma, teskari harakat qilsang, mening tersligimga achchiqlanma! –sado keldi. U qoʻli bilan tojini tuzatar, toj yana qiyshayib qolar edi. Naq sakkiz marta toʻgʻriladi, sakkiz marta egildi.
– Ey toj, bu nimasi? Boshqa qiyshayma!
Toj javob qaytardi: – Meni yuz marta toʻgʻrilasang ham, yana baribir qiyshayaman, chunki, imonli kishi– sen qiyshayyapsan.
Shunda Sulaymon koʻnglini toʻgʻri qildi, koʻnglidagi shahvatni sovitdi. Toji darhol toʻgʻrilandi, boshida istaganidek turdi. Sulaymon uni ataylab qiyshaytirar, toj esa yana toʻgʻrilanar edi. Paygʻambar tojini sakkiz marta qiyshaytirdi, har safar toj toʻgʻrilandi.
Hikmatdan xulosa shuki, boshingga qanday dard kelsa, oʻzgani aybdor qilma, oʻzingga boq! Oʻzingni, feʼlingni, hatti-harakatingni taftish qilishni ham bil.
«Mavlono Rumiy hikmatlari» kitobi asosida Hofiza Karimova tayyorladi.