Barchinoy ismining maʼnosini bilasizmi?

0
45
marta koʻrilgan.

Qadimiy kitoblar jahon ahlining boyligi. Ularga qayta-qayta murojaat qilishimiz ham bejiz emas. Chunki u tariximiz, oʻzligimiz, tilimiz bilan uzviy bogʻlanib ketadi.

Masalan,  Qoshgʻariy bobomizning asarida “yishim” soʻzi “qishda sovuqdan saqlanish uchun ikki oyoqning tizzasigacha kiyiladigan pocha” deb izohlangan.

“Yishim” bora-bora “shim”ga aylangan boʻlsa ajab emas. Qolaversa,  shimni ilk bor qadimgi turklar (ehtimolki, saklar) kashf etanlarini Oʻljas Sulaymonovning “Az i Ya”  asarida ham oʻqigandim.

Gap shundaki, turklar dunyoda birinchi boʻlib otlarni xonakilashtirib, qoʻlga oʻrgatganlar. Ayollarnikiday etagi uzun koʻylak otda yurishda noqulaylik tugʻdiradi, shu bois erkaklarning kiyimlari qisqarib, tananing pastki qismiga shim kiyilgan. Eʼtibor bersangiz, hozir ham otlar keng tarqalmagan mamlakatlarda (Hindiston, Gollandiya) erkaklar yubka kiyishadi. (Hindlarning “Bobbi” filmidagi Bobbining otasi kiygan libosni eslab koʻring).

 Barchinoy Alpomishning suyukli yori, mard va jasur qiz! Nega uning ismi Barchin, buning maʼnosi nima? Qoshgʻariyning yozishicha, turklar ipakni (ayrim hollarda shohi, kimxob singari matolarni ham) “barchin” deyishgan. Demak, Barchin –badani ipakdek mayin va silliq qizlarga qoʻyiladigan ism ekan.

Abdunabi Hamro, yozuvchi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.