Bernard Shou 1856 yilda Irlandiya poytaxti Dublin shahrida tugʻilgan. Otasi Jon Shou gʻalla savdosi bilan shugʻullangan, lekin tez orada bankrot boʻlib, asta-sekin ichkilikka berilib ketgan. Onasi Luinda Shou professional qoʻshiqchi edi. Keyinchalik pedogoglik qila boshlagan. Bernarddan tashqari, oilada yana ikki qiz farzand- Lusinda Frensis va Eleanor Agnes oʻsib ulgʻaygan.
Boʻlajak dramaturg kamxarj boʻlgani uchun kollejda oʻqib yurganida oʻzini taʼminlash uchun uy oldi-sottisi bilan shugʻullanishga majbur boʻlgan. Londonga onasining yoniga koʻchib kelgach, vaqtli matbuotga ishga joylashgan. Jurnalist boʻlib ishlay boshlagan. Va sanʼat yoʻnalishida koʻplab maqolalar yozgan. Ana shu davrda uning yozuvchilik faoliyati boshlanadi. Ilk ijodida beshta roman yozgan, biroq, birortasini chop ettira olmagan. Asta- sekin yozuvchilik maydonida oʻz oʻrniga ega boʻlib borgan. Koʻplab dramalari teatrlar sahnalarida jaranglagan.
U asarlari uchun 1925 yilda Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan va uni olishdan bosh tortdi va Britaniya elchisi Artur Daff pulni olishga majbur boʻldi. Keyinchalik bu mablagʻlar tarjimonlar fondini tashkil qilishga sarflandi.
Oʻziga xos feʼl-atvorli boʻlgan yozuvchining buyuklar haqida oʻz qarashlari boʻlgan, Islom olami bilan ham tanish boʻlib, Muhammad alayhissalom haqida shunday deydi: «Muhammad paygʻambarlarning eng ulugʻidir. Agar u bugungi dunyoning hukmdori boʻlganida edi, insoniyatning barcha muammolari tugunini tadbir va zakovat ila bir-bir yechardi».
U asarlarida aforizmlarni koʻp ishlatgan. Jumladan:
Agar sizda olma boʻlsa, menda olma boʻlsa va bu olmalarni almashtirsak, siz va menda bittadan olma bor. Va agar sizda bir fikr boʻlsa va menda bir fikr boʻlsa va biz fikr almashsak, unda har birimiz ikkita fikrga ega boʻlamiz.
Qarindoshga nisbatan eng katta gunoh bu nafrat va befarqlikdir. Bu haqiqatan ham gʻayriinsoniylikning choʻqqisidir.
Ideal er — ideal xotini bor deb oʻylaydigan erkak.
Qoʻlidan kelganini qila olmagan odam boshqalarga oʻrgatadi.
Tabiat qoʻynini xush koʻruvchi yozuvchi gullarga burkangan ikki qavatli hovlisida xotini Sharlotta bilan yashagan va 1950 yili 94 yoshida boqiy olamga rixlat qilgan. Oxirati obod boʻlsin.
GUJUM.UZ