«Maqsadga erishishni xohlaysizmi? Unda 6 ta narsadan voz keching,» deya maslahat beradi mashhur kinoakter Jeki Chan.
Uning fikricha, birinchidan, koʻp uxlashdan oʻzni tiyish lozim. Ikkinchidan, yalqovlikdan qutilishga intilib yashash kerak. Uchinchidan, qoʻrquvni yengga bilish lozim. Toʻrtinchidan, nafratlanishga chek qoʻyish darkor, chunki u asabni sogʻligʻini yemirish degani, bagʻri kenglik qiling. Beshinchidan, ziyofatbozlikni cheklay biling. Oltinchidan, ikkilanishdan voz keching, aniq maqsad va ishonch ila yashang.
Ha, bu fikrlarga rioya qilish nafaqat maqsadga eltadi, salomatlikni ham mustahkamlaydi. Kishiga xotirjamlik va oʻziga ishonch bagʻishlaydi. Maqsadga erishish esa kayfiyatni koʻtaradi. Ruhiyati yuksak odamdan kasallik chekinadi.
Gʻayrat Palvanov tayyorladi.