Davlatimiz ramzlaridan biri – bayroq

0
211
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mamlakatimizning mustaqil taraqqiyoti uchun huquqiy zamin yaratdi, shu bilan birga demokratik rivojlanishning poydevori boʻlib xizmat qilayotgan davlatimiz, millatimiz timsolidir. Bosh qonunimiz davlatimiz, millatimiz, xalqimiz va yurtimizning buguni va kelajagining ifodachisidir.

Konstitutsiyamizda belgilangan Davlatimiz ramzlaridan biri – bayroq. Konstitutsiyamizning 5-moddasida shunday deyiladi: Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan oʻzbek davlat ramzlari-bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega”. Bayrogʻi, gerbi, madhiyasi kabi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ham davlatimiz, millatimiz, xalqimiz va yurtimizning buguni va kelajagining koʻzgusi, timsolidir.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashning navbatdan tashqari oʻtkazilgan VIII sessiyasida 1991 yil 18 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi qonuni bilan tasdiqlangan edi. Mana shunga ham oʻttiz bir yil toʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasining davlat bayrogʻi bugungi Oʻzbekiston sarhadini qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy anʼanalarini oʻzida mujassamlashtiradi.

Bayroqdagi moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obihayot ramzidir. Bu – yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuxrat va sadoqatni bildiradi. Amir Temur davlatining bayrogʻi ham moviy rangda boʻlgan.

Oq rang muqaddas tinchlikni ifodalaydi, u kun charogʻonligi va koinot yoritqichlari bilan uygʻunlashib ketadi. Oq rang poklik, begʻuborlik, soflikni hamda ichki goʻzallikka intilishni ham oʻzida ifodalaydi.

Yashil rang-tabiatning yangilanishi ramzi. U umid, navqironlik va shodumonlik timsolidir.

Qizil chiziqlar vujudimizda joʻshib oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir.

Navqiron yarim oy tasviri biznig tarixiy anʼanalarimiz bilan bogʻliq. Ayni kunda qoʻlga kiritilgan mustaqqilligimiz ramzidir.

Yulduzlar barcha uchun ruhiy quvvat, ilohiy timsol hisoblanadi. Bayrogʻimizdagi 12ta yulduz tasviri ham tarixiy anʼanalarimiz, qadimgi quyosh yilnomamizga bevosita aloqadordir. Bizning 12 yulduzga boʻlgan eʼtiborimiz mamlakatimiz sarhadidagi qadimgi davlatlar ilmiy tafakkurida”Nujum ilmi” taraqqiy etganligi bilan ham izohlanadi. Shuningdek, u oʻzbek xalqi madaniyati qadimiyligi, uning komillikka, oʻz tuprogʻida saodatga intilishi ramzi sifatida tushinish lozim.

Bayrogʻimiz xalqaro tashkilot BMTi binosida hilpiraganda, rasmiy uchrashuvlarda, sport maydonlarida baland koʻtarilganda qalbimizni faxr tuygʻusi qamrab olishi ana shundandir.

Raʼno Zaripova, Respublikada xizmat koʻrsatgan jurnalist

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.