Uchib kelgan edi
Oʻtgan yili ham
Oʻzgarmabdi hamon…
Bu qush
Paygʻambar Muhammad sallolohu alayhi vasallam zamonidan
Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Mahmudxoʻja Behbudiy davriga
parvoz qilgandi…
Va hatto uchayotib
Zahiriddin Muhammad Boburni ham kuzatgan…
Shunday quyiroqda
Qodiriylar uyi bor…
Oʻttiz yettinchida…
Oʻzbekning ulugʻin
tutqungohga olib ketishganin
ham bu qush koʻrgan…
Ajdodlar haybati
taralgan samoga qoʻshilar
Oqqush yolgʻiz…
Ulugʻlar ruhi-la
parvozdagi qush
tark etgisi kelmas
aziz dargohin.