Dilorom YORMATOVA: Afsonaviy haqiqat

0
398
marta koʻrilgan.

Olima va yozuvchi Dilorom YORMATOVAning  «NODIRABEGIM MUHABBATI» qissasi  tarixiy haqiqatlar asosida bitilgan boʻlib, u shoira  va malika Mohlaroyim  hayoti va faoliyatiga bagʻishlangan. AYOL ZAKOVATIni oʻzida ifodalovchi ushbu asar «Fan va texnologiya» nashriyotida 2018 yilda nashr etilgan. Kitob muqovasidagi suvrat oʻzbek xalqining mashhur rassomi Chingiz Ahmarov  qalamiga mansub. Ushbu asardan olingan ayol muhabbatini, aqlu  zakovatini yorqin boʻyoqlarda aks ettirgan afsonaviy haqiqatni eʼtiboringizga havola qilamiz.

Qoʻqon xoni Amir Umarxon davlat ishlaridan ortib, sheʼrlar bitgan. Umarxonning jufti xaloli, malika Nodirabegim esa betakror shoira edi. Xon saroyida muntazam tashkil etilgan mushoiralarda mana-man degan shoirlar bilan «bellasha olgan».

… Buni karangki, shox xonadonida ham er-xotin oʻrtasida «gʻidi-bidi»lar boʻlarkan-da! Kunlarning birida Umarxon bilan Nodirabegim arzimagan masalada gap talashib kolibdilar. Aslida-ku Nodirabegim xak ekan. Ammo, Umarxon — baribir XON-da!
– Malikam, – debdi jaxl otiga minib xon. – Sizga ruxsat! Saltanat xazinasidan oʻzingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da, yurtingizga joʻnang!

Bazmi jamshid davom etibdi. Umarxon tolikib, mudroqqa ketibdi… Bir mahal koʻzini ochsa, qoʻsh otli foytonda ketayotganmish. Biydek dala… Hammayok zulmat… Osmonda yulduzlar… Navkarlar otining tuyogi gursillaydi… Karasa, yonida Nodirabegim oʻtirganmish…

– Bu ne sinoat? – debdi xon xayron boʻlib. – Kayokka ketyapmiz?
– Andijonga! – debdi Nodirabegim kulimsirab. – Oʻzingiz yurtingizga joʻnang, deb amr etdingiz.
Xon, shu kuni boʻlgan xangomani eslab, yana achchiqlanibdi.

– Men sizni Anjon boring, deb edim! Anjonga men ham boraman, degan emasmen!
– Toʻgʻri, olampanox! – debdi Nodirabegim. – Siz meni Anjon yuborishni hukm etdingiz. Ammo, saltanat xazinasidan oʻzing uchun eng kimmatli narsani olib ket, dedingiz. Hukmingiz vojib! Saltanat xazinasida men uchun eng bebaho boylik – Siz bulasiz! Men oʻsha xazinani oʻzim bilan olib ketishga jazm etdim!

… Karvon darhol ortga kaytibdi.
Oʻsha-oʻsha jannatmakon Amir Umarxon saroyida osoyishtalik hukm surgan, deyishadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.