Yetmishdan oʻtib, saksonga yaqinlashib qolgan bir doʻstimdan oʻzida qanday oʻzgarishlarni his qilayotganini soʻradim.
U menga quyidagilarni aytdi:
- Ota-onam, aka-uka, turmush oʻrtogʻim, farzandlarim va doʻstlarimni seva-seva, endi oʻzimni seva boshladim.
- Dunyo mening yelkamda emasligini angladim.
- Meva-sabzavot sotuvchilar bilan savdolashishni toʻxtatdim. Yana bir necha ming soʻm meni sindirmaydi, lekin bu pullar kambagʻal dehqonga qizining oʻqishi uchun pul toʻlashga yordam beradi.
- Men ofitsiantga ham choychaqa qoldiraman. Qoʻshimcha pul uning yuziga tabassum olib kelishi mumkin. Axir uning tirikchiligi menikidan koʻra qiyinroq.
- Men keksa odamlarga bitta voqeani necha marta takrorlagani haqida aytishni toʻxtatdim. Xotira ularni umr yoʻllaridan qayta yurib, oʻtmishni eslashga majbur qiladi.
- Men odamlarning notoʻgʻri gapirganini bilsam ham, ularni tuzatmaslikni oʻrgandim. Hammani mukammal qilish yuki mening zimmamda emas. Dunyo mukammallikdan qimmatroqdir.
- Barchaga saxiylik bilan iltifot koʻrsataman. Yaxshi gaplar nafaqat ularni eshituvchining, balki mening ham koʻnglimni koʻtaradi.
- Men koʻylakdagi burma yoki dogʻga eʼtibor bermaslikni oʻrgandim. Shaxsiyat tashqi koʻrinishdan koʻra aniqroq koʻzga tashlanadi.
- Meni qadrlamaydigan odamlardan uzoqlashishga harakat qilaman. Ular mening qadrimni bilishmaydi, lekin men bilaman.
- Kalamushlar poygasida kimdir meni quvib oʻtish uchun fitnaga qoʻl ursa, men sovuqqonlikni saqlayman. Chunki men kalamush emasman.
- Men his-tuygʻularimdan uyalmaslikni oʻrganyapman. His-tuygʻularim meni odam qiladi.
- Men tushundimki, munosabatlarni toʻxtatgandan koʻra, xudbinlikdan voz kechish yaxshiroqdir. Mening xudbinligim meni cheklaydi, undan voz kechsam men hech qachon yolgʻiz qolmayman.
- Men har kunni oxirgi kunimdek yashashni oʻrgandim. Axir u chindan ham oxirgi boʻlishi mumkin.
- Meni baxtli qiladigan ishni qilaman. Men baxtim uchun javobgarman va qarzdorman. Baxt bu tanlovdir. Siz xohlagan vaqtda baxtli boʻlishingiz mumkin, shunchaki baxtni tanlang!
Entoni Xopkins hikmatidan Manzura Baxtiyor tarjimasi.