Gabriel Garsia Markes hikmati: UMRNING HAR ONI GʻANIMAT

0
51
marta koʻrilgan.

Gabriel Garsia Markes jahon adabiyotidan munosib oʻrin olgan yozuvchi boʻlish blan birga noshir, jurnalist va siyosiy arbobdir.

Adib Neystadt adabiy mukofoti va Nobel mukofoti laureati (adabiyot yoʻnalishi boʻyicha). Mashhur yozuvchi 1927 yil 6 martda Kolumbiyaning Arakataka shtatida  tugʻilgan va 2014 yil 17 aprelda Mexikoda (Meksika) 87 yoshida vafot qilgan. Rafiqasi Meredes Barcha bilan 1958 yilda turmush qurgan va umrining oxirigacha birga yashashgan.  Ular uch farzandning ota-onasi: Indira Kato, Rodrigo Garsia, Gonzalo Garia Barcha. 

Mashhur yozuvchining hayotdan chiqargan xulosalari oʻziga xos.

–  15 yoshda angladimki, yaxshi narsalarni koʻproq onalar bilishadi, baʼzida esa otalar.

–  20 yoshda angladimki, egri ishning hech qanday nafi yoʻq, u hatto oʻta mohirlik bilan bajarilgan boʻlsa ham.

– 25 yoshda angladimki, bola onani sakkiz soatlik kunduzdan, otani esa sakkiz soatlik kechadan mahrum qilarkan.

–  30 yoshda angladimki, erkakning jozibasi kuchida, ayolning kuchi esa jozibasidadir.

–   35 yoshda angladimki, kelajak – insonga meros qoladigan narsa emas, balki oʻzi yaratadigan narsa.

–  40 yoshda angladimki, baxtiyor yashash siri oʻzing sevgan ishing bilan shugʻullanishda emas, balki qilayotgan ishingni sevishdadir.

– 45 yoshda angladimki, inson hayotining 10 foizi boshiga tushgan balolardan, 90 foizi esa ularga boʻlgan munosabatdan iborat.

 –   50 yoshda angladimki, kitob – insonning eng yaqin doʻsti, koʻr-koʻrona taqlid esa eng ashaddiy dushmanidir.

–  55 yoshda angladimki, kichik qarorlar miya bilan, katta qarorlar esa yurak bilan qabul qilinadi.

 –  60 yoshda angladimki, sevgisiz qurbonlik boʻlishi mumkin, lekin qurbonliksiz sevgi boʻlmaydi.

–  65 yoshda angladimki, inson hayotdan zavq olishi uchun kerakli narsadan tashqari oʻzi xohlaganini ham amalga oshira bilishi kerak.

–  70 yoshda angladimki, hayotdagi eng muhim narsa qoʻlingizda yaxshi kartalar boʻlishi emas, balki yomon kartalar boʻlaturib yaxshi oʻynay olishingizdir.

–  75 yoshda angladimki, inson oʻzini komil hisoblamaguncha harakatda davom etadi, oʻzini komil sanagan zahoti esa harakatdan toʻxtaydi.

– 80 yoshda angladimki, sevish va sevilish dunyodagi eng totli lazzatdir.

– 85 yoshda  angladimki, hayot haqiqatan goʻzal.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.