Abdulla Qodiriy oʻzi qurgan uy…
Lek bunda Julqunboy koʻrsatmaydi boʻy.
“Oʻrtar..”, buncha mahzun, buncha dardli kuy,
Nega moʻjizalar roʻy bermaydi, roʻy?!
Ayvoniga boqing, yulduz, oy yorugʻ,
Savollar dillarni etmaydi forugʻ.
Lekin bunda kezar abadiy bir ruh
Shu rux-ki, dillarga beradi shukuh.
“Mehrobdan chayonu”, ul “Oʻtkan kunlar”
Oʻtdi qancha savdo, uyqusiz tunlar..
Bariga guvoh uy, guvoh ostona,
Aytilmagan dardlar, yutilgan unlar..
31 sanasi, ayni qish fasli..
Uni olib ketdi tayinsiz nasli
Aybi nima edi bilmay ketdi u
Hamon maʼlum emas ne edi asli.
Bir qultum suv bering, bu soʻnggi soʻzi
Va soʻngra poklandi, qiblada yuzi
Namozin oʻqigach, uni otdilar,
Ajalga tik boqdi, chiqmadi boʻzi.
Oʻlimdan qoʻrqmadi yuragi dovli
Taqdir..buncha ayanch, bunchalar gʻovli,
Kimsasiz xuvullab qoldi bu maskan
Abdulla Qodiriy qaytmagan hovli…
Bugun baxtga toʻliq, doʻstlarga toʻliq
Adibsiz mungʻayib qolgan bu hovli
Bugun unga Alloh nazari tushgan
Abdulla Qodiriysiz qolgan bu hovli…
Bugun unda jamdir doʻstlar yaqinlar!