Oʻzbekiston Respublikasi senatori, shoira Guliston ANNAQILICHYeVA–MATYOQUBOVAning Oʻzbekiston ayollariga bahor, mehr-muhabbat va 8-mart ayyomi bilan samimiy sheʼriy tilaklari.
Turfa gullar bilan bezandi olam,
Koʻnglimiz ichida yasharar bahor.
Hayot buncha goʻzal, bunchalar koʻrkam,
Baxtingiz ochilib, yuksalsin takror.
Asli koʻksimizda nurlanar Vatan,
Asli mehrimizga choʻmilar tilak.
Asli Ayol – hayot, bahor jon va tan,
Azizim hur ayyom boʻlsin muborak!