«HAMKASBLAR»

0
8
marta koʻrilgan.

Boʻrilar itni oʻrab olishdi va gʻajib tashlamoqchi boʻlishdi. It ulardan oʻldirmaslikni soʻradi, buning evaziga qoʻylarni ovlashga yordam berishga vaʼda qildi.

Boʻrilar oʻylab koʻrib, itni toʻdada qoldirishdi. Ikki yil davomida it ularga yaxshi yordam berdi, hamma narsani oʻrgatdi, tirikchilik uchun qulay joylarni koʻrsatdi, ular bilan ov qildi…

Soʻng sovuq qish keldi, ochlik ularni qiynay boshladi. Ovlar muvaffaqiyatsiz, boʻrilar esa umidsiz edi. Nima qilish kerak? Ular baribir itni yeyishga qaror qilishdi. Yeyishdi. Suyaklarini koʻmishdi.

Keyin qabr toshi qoʻymoqchi boʻlishdi. Unga nima deb yozishni oʻylab, boshlari qotdi. «Xoʻsh, kimdan deb yozamiz?»

«Doʻstlardan» deyishsinmi? Yoʻgʻ-e, ular qanaqa doʻst… Axir uni yeb qoʻyishdi-ku… «Dushmanlardan» deb yozishsinmi? Bu ham mos emas, axir ikki yil davomida u bilan yonma-yon yashashdi, ov qilishdi, birov-birovdan xafa boʻlmadi …
Oxiri, «Hamkasblardan» deb yozishdi.

Manzura BAXTIYOR tarjimasi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.