Hamma narsada tartib va masʼuliyat hissi yuqori boʻlgan xalqlargina katta natijalarga erishadi

0
159
marta koʻrilgan.

Germaniya Ikkinchi jahon urushida magʻlubiyatga uchragan davrlar edi. Nemislar poyezdga minish uchun saf tortib, navbatni kutishar edi.

Shu payt bir kishi kelib, safda turmasdan poyezd eshigiga yaqin turganlar orasiga suqulib kirmoqchi boʻldi. Shunda safda turgan bir ayol unga dedi: “Toʻgʻri, biz urushda magʻlub boʻldik, ammo axloqimizni boy berganimiz yoʻq!”

Isroilning sobiq bosh vazirlaridan biri Moshi Dayan shunday degan edi: “Arablar qurol-aslaha tomonidan qanchalik taraqqiy etishmasin bu meni qoʻrqitmaydi. Ammo ularning tartib bilan saf tortib avtobusga minayotganlarini koʻrsam, dagʻ-dagʻ titrayman”.

Doimo oʻzimizdagi navbatdagi tartibsizliklar, baqir-chaqirlar, odobsizliklarni koʻrsam yuqoridagi kabi voqealar yodimga tushaveradi. Hamma narsada tartib va masʼuliyat hissi yuqori boʻlgan xalqlargina katta natijalarga erishadi. Aslida, muvaffaqiyat kaliti juda oddiy narsalarda (https://t.me/fayzboguz/18976).

Albatta, hamma narsada tartib va masʼuliyat hissi yuqori boʻlgan xalqlargina katta natijalarga erishadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.