Shayx Nobulsiy quyidagi voqeani keltiradi:
Londonga koʻchib kelib yashaydigan imom bor edi. U uyidan masjidga avtobusda qatnardi. Bir kuni avtobusga chiqib, yoʻl haqini toʻlab oʻtirdi. Haydovchi bergan puliga qaytim berayotib, keragidan 20 pens ortiqcha berdi (bu arzimas qiymat).
Imom biroz oʻylanib, oʻziga: — “Bu ortiqcha mablagʻ menga tegishli emas va uni qaytarishim lozim. Chunki, bu ortiqcha pul mening haqqim emas», — dedi.
Soʻngra ikkilanish paydo boʻldi: “Bu birov nazarga ilmaydigan qiymat-ku, qolaversa bu pul sababli avtokorxonaga hech bir zarar yetmaydi. Demak, bu pul Allohning menga hadyasi oʻlaroq oʻzimda olib qolaman, haydovchiga esa indamayman».
Imom bir unday, bir bunday oʻylar ogʻushida oʻzi tushadigan bekatga kelib toʻxtagach, u choʻntagidan ortiqcha 20 pensni chiqarib haydovchiga berib: — Marhamat qilib olib qoʻying, menga keragidan ortiq qaytim berib yuboribsiz, — dedi.
Haydovchi tabassum ila pulni olib: — Siz yangi imom boʻlib kelgan insonsiz-a? Menda anchadan beri masjidingizga borish, diningiz bilan tanishish fikri bor edi. Uzr, ammo qani nima qilar ekan deb, atayin ortiqcha qaytim qaytargan edim, — dedi.
Bugunga kelib, mayda pullarni bermay qoʻya qoladiganlar paydo boʻlgan. Eʼtibor kilsak, arzimasgina chaqalar ham iymonli, oxiratdan umidi bor insonlar uchun qiymatli boʻlib, birovning haqqi harom, oʻzganing mulkiga tajovuz Alloh gʻazabiga duchor boʻlish va halokat sari yuz tutish ekaniga amin boʻlamiz.
Madinaxon TOPILOVA tayyorladi.