Ibrat maktabi: Kambagʻallar va uysizlar tabibi va homiysi

0
177
marta koʻrilgan.

Suratdagi inson mashhur doktor Muhammad Abdulgʻaffar Mashʼali. U bir paytlar Misrdagi eng koʻp maosh oladigan shifokor edi.

Bir kuni tekshiruvga kelgan bolaga igna urishi kerak boʻladi, igna qimmat edi. Bolaning onasi: «Shu ignani olsam bir oy och qolamiz yordam bering» — deya yalina boshladi.

Buni eshitgan katta farzandi onasiga «ukam va singlimga gʻamxoʻrlik qiling»- dedi-yu derazadan oʻzini tashladi. Uyda non yeydigan bitta ogʻiz kamayishi uchun oʻz joniga qasd qildi.

Shundan keyin Mashʼali uchun hammasi oʻzgardi. Doktor Mashʼali ukasini tirik qoldirish va dasturxondan bir tovoqni kamaytirish uchun oʻzini qurbon qilgan akani hech  unuta olmadi.

U Misrning eng qashshoq mahallasida shifoxona ochdi, barcha bemorlarni tekinga davolay boshladi. Ayniqsa, bolalarga juda gʻamxoʻrlik qildi.

Qashshoqlardek kiyina boshladi. Kambagʻallar shifokori, ezgu niyatli inson  sifatida butun Misrga mashhur boʻldi.  Butun tibbiyot olami uni qashshoqlar homiysi sifatida  tanidi, uni oʻziga xos inson sifatida tan oldi.

Tahririyatdan: Ayni kunda ezgu ishlari, fidoyiligi tufayli Oʻzbekistonda ham mashhur boʻlib boryapti. Goh u goh bu ijtimoiy tarmoqlarning kanallarida koʻrayapmiz.  Ezgu amallari ibrat maktabi ekan. Dabdabali toʻylar qilayotgan, sendan qolamanmi deya dabdabali mashinalar minayotgan kishilarga ibrat maktabi boʻlsa arziydi. 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.