Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan 2022 yilda ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan 11 ta yozma manba tarjima qilindi

0
338
marta koʻrilgan.

Islom sivilizatsiyasi markazi fondiga aholi va shaxsiy kolleksiyalardan 626 ta qoʻlyozma va 985 ta toshbosma asarlar, jami 1611 ta manba qabul qilingan.

Jumladan, Muftiy Boboxonovlar sulolasi shaxsiy kutubxonasida saqlanayotgan 423 ta qadimiy manbalar (122 ta qoʻlyozma, 301 ta toshbosma), tarixiy hujjatlar va fotosuratlar fondga qabul qilib olindi.

Islom manbashunosligi va qoʻlyozmalar bilan ishlash boʻyicha Respublika fondlarida saqlanayotgan 52 ming 255 ta qadimgi yozma manbalar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi yaratilgan.

Oʻtgan 2022 yilda ilmiy ahamiyatga ega boʻlgan 11 ta yozma manba tarjima qilindi va chop etishga tayyorlandi. Abu Hafs Nasafiyning “Bayoni eʼtiqodi ahli sunna val-jamoa” (Ahli sunna val jamoa eʼtiqodining bayoni), Bositxon Shoshiyning “Muqaddimatu ilm al-faroiz” (Meros ilmiga kirish), Sirojiddin Sachovandiy “Faroizus Sirojiya” (Meros ilmiga oid Sirojiya asari), Shayx Xovand Tohurning “Rayhoniyyai Tohuriyya”, Farmon va yorliqlarga oid “Suyurgʻol yorligʻi” (Fuqarolarga imtiyoz beruvchi qaror), Hakim Termiziyning “Al-Amsol minal kitob vas-sunna” (Qurʼon va hadisda kelgan masallar), Shayx Abdulmajid Alining “Tuhfatul al-marziya” (Rozi boʻlarlik hadyalar), Ahmad ibn Mahmud Buxoriyning “Buxoro mozorlari tarixi”, tib ilmiga oid Abdurahmon Azraqning “Tasʼhil ul-manofiʼ (“Manfaatlarni osonlashtirish kitobi”), Imom Jazariyning “Al-hisnul al-hasin min kalomi Sayyid al-mursalin” (“Paygʻambarlar sayyidi soʻzlaridan olingan panoh beruvchi hadislar”), “Dahr un-najot” (Najot olami) nomli asarlar tarjima qilindi.

 Qurʼoni karimning 28 ta nodir qoʻlyozmasidan iborat kolleksiya shakllantirildi.

Qatar milliy kutubxonasidan 2 ming 635 ta foto-hujjat, Turkiya Respublikasi olimlari qoʻlyozmalar toʻplami maʼlumotlar bazasidan 70 mingdan ortiq, AQSH kongressi kutubxonasidan 558 ta koʻlyozma va rasmlar, «TurkTAV» fondidan 20 mingdan ziyod noyob kitoblar, Misrning «Al-Azhar» majmuasidan Alisher Navoiy hayoti va ijodiga doir 5 ta, Kamoliddin Behzod ijodiga oid 6 ta elektron manba olindi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.