Kitob haqida yetti hikmat!

0
710
marta koʻrilgan.

Koʻp kitob oʻqiydigan bola  kelajakda  bugun  televizor koʻrayotgan oʻn bolani boshqaradi.

Jismoniy tarbiyaga, fizkultura mashqlariga  tanamiz muhtojlik sezganidek, miyamiz ham aqliy mashgʻulotlarga ehtiyoj sezadi.

Qanchalik koʻp kitob oʻqigan inson, boshqa odamlarga kam taqlid qiladi, chunki u oʻzligini shakllantiradi.

Oʻqimishli, tili ravon kitoblar mutolaa qilinsa,  inson oʻz nutqini chiroyli bayon etishni oʻrganadi.

Jahon ahli ikki toifaga boʻlinadi. Birlari kitob oʻqiydiganlar, boshqalari esa kitob oʻqiydiganlar ortidan ergashadiganlar.

Koʻz yugurtirib, yuzaki oʻqilgan kitoblar emas, balki mulohaza yuritib mutolaa qilingan kitoblar insonning bilim saviyasi oshiradi.

Kitob – oftob!  Quyosh xonadoningizga nur olib kirsa, kitoblar qalbingizda  ziyo nurini ulashadi.

Toʻplovchi: Fazilat SAʼDULLAYEVA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.