KITOB INSONIYATNING  TAFAKKUR XAZINASIDUR

0
5000
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning  “Yoshlarni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishini kuchaytirishga, ularning kitob bilan doʻst boʻlishiga, aholining kitobxonlik saviyasini yanada oshirishga alohida  eʼtibor qaratish lozim”, degan koʻrsatmalari Toshkent shahar «Bilim» axborot-kutubxona markazi jamoasi uchun dasturul amaldir.

Darhaqiqat, maʼnaviy ozuqa olishning, chin inson boʻlib yetishishning birdan bir yoʻli bu kitob mutolaasi hisoblanadi. U insonni komillik sari yetaklaydi. Kitob maslahatchi, sadoqatli hamroh, eng yaqin doʻst va bebaho boylikdir.

Millatning maʼnaviy-ruhiy dunyosini kitobga munosabati, kitobxonlik darajasiga qarab ham aniqlash mumkin. Jahon madaniyatiga munosib hissa qoʻshgan ajdodlarimiz erishgan betakror yutuqlarning sababi ham kitob mutolaasidir. Shu bois yurtimizda aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.

 Mamlakatimizda axborot-resurs va axborot-kutubxona markazlarining moddiy-texnika bazasi yangilanib, zamonaviy elektron kutubxonalar faoliyat koʻrsatmoqda. Sohaga oid qator qonun va qarorlar qabul qilingan. Zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan Endilikda avvalgi oddiy anʼanaviy kutubxonalar oʻrnini zamonaviy koʻrinishdagi kompyuter texnologiyalariga asoslangan axborot-kutubxona markazlari va axborot-resurs markazlari egalladi. Albatta, bu sohaning taraqqiyotiga oid yaratilgan huquqiy mexanizmlarning faoliyatga joriy etilishining ijobiy samarasidir.

 Jumladan, markazimizning foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish boʻlimi mutaxassislari tomonidan “Koʻchma kutubxona”, “Mobil kutubxona”, “Kitob chemadonchasining sayoxati” kabi loyixalari doirasida “Bir soatdan oilaviy kitob oʻqish”, “Men kitob oʻqishni sevaman”, “Men farzandimga kitob sovgʻa qilaman”, “Biz oilaviy oʻqiymiz” kabi aksiyalar tashkil etilgan. Ushbu aksiyalarni oʻtkazish doirasida oilada sogʻlom maʼnaviy muhit yaratish, har bir oilada maʼnaviy ong, har tomonlama yetuk kamolga ega boʻlgan insonlarni tarbiyalash bilan birga imkoniyati cheklangan insonlarni uylariga borib, ular bilan suxbatlashib, yangi kelgan adabiyotlar bilan tanishtiri jarayonida qiziqishlarini inobatga olgan holda oʻqish uchun kitoblar tavsiya etiladi. Ularni hayotga, yashashga qiziqishlarini orttirish maqsadida bir qator oilalarga tashrifimizni misol keltirmoqchimiz: 

Chilonzor tumani “Navbahor” mahallasi 8-mavze 14-uy, 6-xonadonda istiqomat qiluvchi N. Xolmatovalar oilasida oʻtkazildi. Xonadon egalari uchun “Mening sevimli kitobim”nomli hamda sevimli yozuvchimiz Chingiz Aytmatovning 90 yilligiga atab “Chingiz Aytmatov-buyuk adib va jamoat arbobi” mavzusida kitob koʻrgazmasi tashkil qilindi. Adibning asarlariga qiziqqan xonadon bekasi Nigoraxon Xolmatova “Oxirzamon nishonalari”asariga qiziqdi va oʻqish istagini bildirdi;

 Xuddi shunday aksiya Chilonzor tumani “Botirma” mahallasida istiqomat qiluvchi Aminovlar oilasida oʻtkazildi. Ushbu xonadon egalari uchun “Bolalar adabiyoti – olamiga sayohat” nomli kitob koʻrgazmasi tashkil etildi. Koʻrgazmadan oʻrin olgan bolalar uchun turli sohalarga oid ensiklopediyalar, badiiy adabiyotlar, ertak kitoblarga bibliografik sharh berildi. Qiziqarli ertak kitoblarni koʻrgan Feruzaning jajji oʻgʻilchasi Sarvar Aminov kitoblarni oʻqib chiqish va kutubxonaga aʼzo boʻlish istagini bildirdi. Natijada, Aminovlar oilasi kitobxonlik dunyosiga oshno boʻlib, oʻzlari tanlagan adabiyotlarni mutolaa qilish uchun AKMga aʼzo qilindi, badiiy adabiyotlar, oʻzbek xalq ertaklari  bir necha kunga berildi.

Shuningdek, “Navbahor” maxallasining 14 uy 25 xonadonida istiqomat qiluvchi Normatovlar oilasida oʻtkazildi. Ushbu xonadon egalari eʼtiborini biz olib borgan  bolalar va mumtoz adabiyoti, roman, qissa va ertak kitoblar oldi. Turli kitoblar olamini taqdim etish, obzorlar oʻtkazish orqali kitobxonlik va mutolaa madaniyatini oshirish uchun katta imkoniyat yaratildi. Rang-barang va qiziqarli ertak kitoblarni koʻrgan Ulkan ayaning nevaralari Abdulaziz va Eʼzozaxonlarning quvonchini taʼriflashga soʻz ojizlik qiladi. Koʻrinib turibdiki, markazimiz yana bir kitobsevar oilasini, doimiy kitobxonini topdi.

Shuningdek yaqinda «Yilning eng faol kitobxoni», «Yilning eng koʻp oʻqilgan kitobi», «Yilning eng koʻp oʻqilgan muallifi» boʻyicha natijalar eʼlon hilindi. Eng faol kitobxonlardan Xamdamov D.,Talipova E., Karimov T. lar yil davomida kitob va vahtli matbuot nashrlarini eng koʻp oʻhigan, «Bilim» AKMda oʻtkaziladigan ommaviy tadbirlar, adabiy kechalar, viktorinalar, davra suxbatlarining faol hatnashchilari deb topildi.

«Yilning eng koʻp oʻqilgan kitobi», «Yilning eng koʻp oʻqilgan muallifi» nominatsiyasida Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” kitobi gʻolib boʻlib, bu yoʻnalishda Akbarov N., Nuriddinov U., Ishquvatov S. yetakchi boʻlishdi. Barcha nominatsiya gʻoliblariga «Bilim» AKM rahbariyati tomonidan diplomlar taqdim etildi.

Hafiza KARIMOVA,

Toshkennt shahar «Bilim»

 axborot-kutubxona markazi

direktori

Dilnoza MOʻMINOVA,

Markazning Foydalanuvchilarga xizmat koʻrsatish

 boʻlimi mudiri

 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.