KITOBLAR — YeTUKLIKKA YeTAKLAR!

0
71
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar «Bilim” axborot-kutubxona markazi hamda Olmazor tuman hokimligi bilan hamkorlikda Quyosh mahallasi kutubxonasida “Men muvaffaqiyatli ayolman” loyihasi doirasida “Kitoblar — yetuklikka yetaklar” mavzusida Oʻzbekiston xalq artisti Malika Ibroximova va Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dono Boboxonovalar bilan ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda uchrashuvning asosiy tashabbuskori Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, “Mexnat shuxrati” ordeni soxibi Vazira Sobirova, MFY raisi Farxod Jalilov, mahalla faoli Komila Yusupova, nuroniylardan Akmal Begmatov, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi Olmazor tuman boʻlimi rahbari Muazzam Alibayeva hamda mahalla fuqarolari, yoshlari ishtirok etdilar.

Uchrashuv juda qiziqarli, mazmunli va hayajonli daqiqalarga boy boʻldi. Chunki aktrisalar oʻzlarining hayoti, yoshlikdagi qiziqarli voqealar, faoliyatidagi ogʻir, sinoatli, muvaffaqiyatli va zavqli daqiqalar bilan oʻrtoqlashdilar. Ayniqsa Malika Ibroximovaning oʻynagan rollaridan parchalar, monologlari ishtirokchilarni befarq qoldirmadi. Dono Boboxonovaning “Bozor koʻrmagan yigit” asaridagi chiqishlaridan parcha hamda sovchillikka borishdagi kulgili voqealarni jonli tarzda, bevosita zaldagi ishtirokchi onalar bilan birga ijro etib berishi barchamizni qalbimizni yanada quvonchga toʻldirdi.

Malika Ibroximova va Dono Boboxonovalar har ikkisi ham barcha erishgan yutuqlarning kaliti kitob tufayli ekanligini aloxida taʼkidladilar. “Bizning xayotimiz va ijodiy faoliyatimiz mutolaasiz oʻtmaydi, chunki, kitob – yetuklikka yetaklar!”, deb yoshlarga murojaat qildilar. Barcha tadbirga kelganlar oʻzlari qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va oʻz navbatida javoblardan mamnunlik xis etdilar.

Men qiziqarli uchrashuvni kuzatib, Toshkent shahrining barcha tuman va mahalla kutubxonalarida ana shunday tadbirlarni tashkil etish taklifini berdim. Aktrisalarimiz tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Ishonamizki, mana shunday maʼnaviyat tadbirlari, ijodkor va isteʼdodli shaxslar bilan uchrashuvlar poytaxtimizning barcha goʻshalarida davom etadi.

 Hafiza Karimova, Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi direktori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.