Koʻchma kutubxona kichkintoylar huzurida

0
383
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Chilonzor tumanidagi 322-sonli koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotida “Ezgulik – hayot gultoji” mavzusida koʻchma kutubxona tashkil qildi.

Ushbu tadbir  “Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida “Kitobxon oila va kitobxon bola” klubi aʼzolari bilan hamkorlikda  uyushtirildi.

Tadbirni maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori G. Narziqulova ochib, mazkur muassasadagi  bolalarga yaratilgan sharoitlar haqida axborot berdi. Shuningdek, diyorimizda har bir bolaning taqdiri davlatimiz ixtiyorida ekanligi, hech kim ularning taqdiriga befarq emasligi, har kuni sogʻligi nazorat qilinishlarini batafsil gapirib oʻtdi.

– Koʻchma kutubxonaning tashkil etilishi, bolalarga zavq bagʻishlashi tabiiy. Ularga eʼtibor qaratsangiz, mehr koʻrsatsangiz sogʻlom bolalar singari fikrlaydilar, goʻzallikka intilishadi – deydi muassasa rahbari.

 Tadbir davomida soʻzga chiqqan “Bilim” AKM mutaxassisi R. Xoliqova bolalarga oʻzbek xalq ertaklaridan “Zumrad va Qimmat” ertagini aytib berdi. Ertakdagi ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi  farq haqida gapirar ekan,  mazkur ertak asosida savol javoblar olib bordi.

Topqir bolajonlar ushbu savollarga tezlik bilan javob berishdi va hozirjavob kichkintoylarga kitoblar tarqatildi. Bolalar  koʻrgazmadagi rangli sarguzasht kitoblar bilan tanishib,  xursand boʻlishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan “Bilim” AKM mutaxassisi Sh. Atadjanova kutubxona faoliyati boʻyicha toʻliq maʼlumot berdi. Soʻngra, koʻrgazmadagi oʻzbek va xorijiy bolalar asarlariga bibliografik sharh berib oʻtdi.

Tadbir soʻngida muassasa ishchi va xizmatchilariga kutubxona faoliyatini aks ettiruvchi bukletlar tarqatildi.

R. Xoliqova, Toshkent shahar «Bilim» AKM mutatxassisi

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.