Kuchli insonlarning biz bilgan va bilmagan xususiyatlaridan biri shuki, yomonlikni unutadi. Ular vaqtlarini oʻzlarini siqib xafa qilishga sarflamaydi.
Ikkinchisi, har qanday holatda oʻzini nazorat qila oladi, jahli chiqqanda oʻzini ushlab qoladi. Kuchlarini bekorga sovurmaydi.
Uchinchi, oʻzgarishni qabul qiladi. Ular imkoniyatlarni quchoq ochib kutib olishadi.
Toʻrtinchi, ular nolimaydi. Ular nazoratidan tashqarida boʻlgan narsalarga ortiqcha eʼtibor berib oʻtirmaydi.
Beshinchi, tavakkal qilishga tayyor. Ular tavakkal qilishdan oldin boʻlajak ish harakatni puxta oʻylab olishadi.
Oltinchi, ular bor kuch-gʻayratini hozirning oʻzida bajarayotgan ish-harakatiga qaratadi. Kechagi kun bilan yashamaydi.
Yettinchi, qilgan xatti-harakati uchun toʻliq javobgarlikni oʻz boʻyniga oladi. Ular bitta xatoni qayta-qayta takrorlamaydilar.
Dildora MANNOPOVA