Luqmoni Hakimdan soʻradilar: – Eng dono kim?
Aytdi: – Hayot qiyinchiliklaridan gʻamgin boʻlmagan kishi.
Soʻradilar: – Eng yaxshi boylik nima?
Aytdi: – Aql.
Soʻradilar: – Qaysi oʻt oʻz yoquvchisini kuydiradi?
Aytdi: – Hasad oʻti.
Soʻradilar: – Qanday bino vayron boʻlmaydi?
Aytdi: – Adolat binosi.
Soʻradilar: – Qaysi achchiq narsaning soʻnggi shirin?
Aytdi: – Sabrning.
Soʻradilar: – Qaysi narsaning oxiri achchiq?
Aytdi: – Shoshqaloqlikning.
Soʻradilar: – Qaysi dard bedavo?
Aytdi: – Nodonlik
Gujum.uz