«Allohning rahmati Buyuk va uning yordami yaqinroqdir», – deydi alloma Jaloliddin Rumiy.
– Sizga yomonlik qilganlarning yomonligini kechiring. Sizdan aloqani uzgan qarindoshlar bilan bogʻlaning, sizni biror narsadan mahrum qilganlarga ulashing, sizga yomon muomala qilganlarga ham muloyim boʻling. Shunda surur va halovat topasiz.
Hikmatdan hissa shuki, Umidli dunyoda umid ila yashang! Yaxshi kunlar kelishiga ishoning! Odamlarga ezguliklar ulashib yashang! Allohning karomati kengligiga ishoning!