Yangi yil arafasidagi ulugʻvor voqealaridan biri – Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasi boʻldi. Men ham uni katta qiziqish va hayajon bilan tingladim.
Murojaatnomada alohida taʼkidlanganidek, jonajon Oʻzbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi bosqichiga dadil qadam qoʻydi. Xususan, Prezidentimiz oʻzbek tilining mavqeini yanada koʻtarish haqida kuyunchaklik bilan aytgan soʻzlari biz kabi millionlab yurtdoshlarimizning koʻnglidan oʻrin oldi.
Murojaatnomada kelgusi yil uchun reja va dasturlar aniq belgilab olinib, mustaqillik yillarida erishgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlash hamda eng muhim va ustuvor sohalarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratilishi lozimligi taʼkidlangani ham alohida ahamiyatga ega deb oʻylayman.
Akmal ROʻZITOYEV, Toshkent shahar hokimi maslahatchisi