Niyatim shu – tinchlik boʻlsin dunyoda

0
1508
marta koʻrilgan.

BRONJILET OSTIDA HAM YURAK BOR...

Men oʻzbekning norgʻul oʻgʻli, fidokor
Va otamning belidagi kamarman.
Vatan desa onam kelar yodimga,
Faqat Vatan degan lochin askarman.

Kim yov boʻlib, yurt sarhadin buzmoq istar,
Qilajakman bir lahzada tor-tor.
Kim doʻst boʻlib, qoʻl uzatsa boʻlmas muztar,
Bronjilet ostida ham yurak bor.

Niyatim shu – tinchlik boʻlsin dunyoda,
Shu tinchlikni asraguvchi qalqonmiz.
Dalalarda alvon boʻlib ochilgan
Lolalarga shomu sahar posbonmiz.

Qudrating zoʻr bugun milliy armiyam,
Kuching adolatda – yordir tilaklar.
Biz qalqonmiz, bizga qalqon aslida —
Bronjilet ostidagi yuraklar…

✍️Shavkat ODILJON

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.