Oila davrasida yodlash uchun: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni

0
377
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining matni va musiqasi Oʻzbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrdagi 768-XII-sonli Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi toʻgʻrisidagi Qonuni bilan tasdiqlangan.

 Serquyosh, hur oʻlkam, elga baxt, najot,
Sen oʻzing doʻstlarga yoʻldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!

Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Bagʻri keng oʻzbekning oʻchmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zoʻr qanot!
Istiqlol mashʼali, tinchlik posboni,
Haqsevar, ona yurt, mangu boʻl obod!

Oltin bu vodiylar — jon Oʻzbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulugʻ xalq qudrati joʻsh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!

Mutal Burxonov musiqasi
Abdulla Oripov sheʼri

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.