Ibrohim paygʻambar duosi ila Hojar ona va Ismoil paygʻambarga marhamat qilingan Zamzam suvidan har kuni millionlab kishilar isteʼmol qiladi, yana Kaʼbai muazzamaga ziyoratga borgan insonlar uyiga qaytayotganlarida armugʻon qilinadi. Allohning moʻjizasi kamaymaydi, yanada qaynab chiqaveradi. Zamzam suvi juda koʻp kasalliklarga davodir.
Erta qarishning oldini oladi. Immunitetni kuchaytiradi. Ovqat hazm qilishga yordam beradi.
Saratonga qarshi samarali vositalardan biri hisoblanadi. Jism uchun foydali boʻlgan ozuqa moddalarini qonga soʻrilish jarayonini kuchaytiradi.
Koʻrish qobiliyatining pasayishi, qizamiq, yurak-qon tomir kasalliklari, qon bosimi, qon aylanishi kasalliklari va boshqa bir qator xastaliklardan tuzalishda samarali yordam beradi.
Qandli diabet kasaliga chalinganlar, buyrak xastalari uchun ham shifodir. Shu bilan birga suyak va boʻgʻin kasalliklari, oshqozon-ichak kasalliklari, hazmdagi muammolar, yoʻgʻon ichak muammolari, qabziyat va yana bir qancha kasalliklarni davolashda samarali vosita hisoblanadi.
Allohim! Bu dunyoda Zamzam, Jannatda Kavsar suvlari bilan toʻyintirishingni oʻzingdan qutlugʻ ayyomingda soʻrab qolamiz.
GUJUM.UZ